Aviakassa

Diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi qoshidagi Aviakassa “O’zbekiston Havo Yo’llari” aviakompaniyasi bevosita agenti hisoblanadi. Aviakompaniya reyslari yo’lovchilariga elektron chiptalar (e-ticket) haridi bo’yicha xizmatlar taqdim etadi.
Elchixona, xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar xodimlariga mahalliy va xorijiy reyslar uchun aviachiptalarni bron qilish va sotib olishni amalga oshiradi. O’R TIVning uzoq va qisqa muddat bilan xorijiy safarga ketayotgan xodimlariga aviachiptalarni harid qiladi.

Shartnoma matni va Byuro tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar ro'yxati:

- - diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va (yoki) ularning filiallari, shuningdek xorijiy kompaniyalarning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari uchun;

- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar uchun (QK, XV, MChJ).

 

Manzil: 100128, Toshkent sh. Labzak ko’chasi, 1-A uy
Telefon: 78-150-88-82
Faks: 78-150-41-15