Anons

Anons

Maqola sanasi:22 Sentyabr 2022

 

O‘zbekistan Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi 2022 yil 24 sentyabr kuni «Central Park» bog‘ida diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida an'anaviy “XVIII madaniy an'analar va milliy taomlar xayriya Festivali”ni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad - O‘zbekistonning xorijiy davlatlar orasida nufuzini oshirish, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, ularning norasmiy, do‘stona muloqot qilishlari uchun sharoit yaratish, turli mamlakatlarning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, respublika mehribonlik uylariga xayriya yordami ko‘rsatish, shuningdek, “Muruvvat” nogiron bolalar maktab-internatlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Dasturdan yirik milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari taqdimoti, shuningdek, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi, milliy taomlar namoyishi va Toshkent shahridagi mohir oshpazlarning mahorat saboqlari, milliy liboslar namoyishi, fol'klor-etnografik jamoalarning chiqishlari o‘rin olgan.