- Ru
- En
- Uz
1. Byuro O‘zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning (bundan keyin matnda diplomatik vakolatxonalar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish va faoliyat olib borish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning xodimlari hayotiy faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tuzilgan bo‘lib, u diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.
2. Byuroning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
diplomatik vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga kompleks servis xizmatlar ko‘rsatish, diplomatik vakolatxonalarning tegishli ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga doir masalalarni hal etish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarda nazarda tutilgan diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish va ularni joylashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida diplomatik vakolatxonalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun mo‘ljallangan ob'ekt va uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlariga joylashtirish uchun ajratilgan bino hamda xonalarni ijaraga berish, ko‘chmas mulkning ijara va oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish (vositachilik qilish), shuningdek, ushbu bino va xonalardan foydalanishni ta'minlash;
Byuro vazifalariga taalluqli masalalarda O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida diplomatik vakolatxonalarning manfaatlarini ifoda etish, shuningdek diplomatik vakolatxonalarda ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan vazifalarni bajarishda, shu jumladan mamlakatga turistlar oqimini ko‘paytirish, protokol tadbirlarini o‘tkazish, xorijiy delegasiyalarni kutib olish-kuzatish, xorijiy davtlarga xizmat safariga boradigan xodimlarga aviachiptalar xarid qilish, avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘makalashish;
diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish, turizm, jismoniy tarbiya va sport soxasida xizmatlar ko‘rsatish.