O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

Maqola sanasi:09 Oktyabr 2021

O‘zbekiston shu yilning 8-oktabrida Afg'onistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida ko'plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. 

Bunday zo'ravon harakatlar Afg'onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o'rnatishga to'sqinlik qiladi.

O'zbekiston hukumati ushbu g'ayriinsoniy hujumda halok bo'lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta`ziya izhor etadi.

Toshkent, 2021-yil 8-oktabr

 

mfa.uz