O'zbekiston suratlari

O'zbekiston suratlari

Maqola sanasi:16 Avgust 2017

Surat – bu hissiyot tili hisoblanadi. Zero, bu til kuchli quvvatga ega, yohud hayot mazmuni, uning ajralmas bir qismi deyish mumkin. Fotosuratlar o'sib kelayotgan yosh avlod va o'smirlarni navqiron davltimizning tarix salnomalari hamda uning kelajagi bilan tanishtirish borasidagi tarbiyaviy ishlarda katta ahamiyatga ega. 
Yuqorida bayon etilganlarning barchasini Toshkent fotosuratlar Uyi ijodiy faoliyatida kuzatish mumkin. Uning o'tgan asr 30-yillarida qurilagn noyob binoda joylashganligi, xalqimizning zamonlararo madaniyati, urf-odati va taqdirini oldindan belgilab qo'ygandek go'yo.                      
Toshkent fotosuratlar Uyining diqqat markazi, Mustaqil O'zbekiston suratlarini yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisi va xorijiy mehmonlarni o'zbek va dunyo fotosuratlarining eng zo'r namunalari bilan yaqindan tanishtirish va albatta, buning asnosida ilmiy va madaniy-ma'rifiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
 2006 yil Toshkent fotosuratlar Uyi qoshida studiya maktabi ochildi, u yerda yuqori malakali mutaxassislar dars berishadi. Tinglovchilar uch oy mobaynida yodda qoladigan va go'zal onlarni muhrlovchi sir-asrorlarni egallab, zum o'tib ketadigan voqea epizodlarini esa bir umr xotirlaydigan holda olib qo'yishni o'rganadilar. Kursni tugallagan bitiruvchilar o'z ijod maxsullarini fotosuratlar Uyining ko'rgazmalar paviloniga (750kv.m.) qo'yadilar va tegishli guvohnomalarga ega bo'ladilar.

 Fotosuratlar ila nafosatga oshno bo'ling. 

Ilova qilinmoqda: 
Toshkent fotosuratlar Uyi tomonidan taqdim etilgan fotosuratlar

Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani Istiqbol ko'chasi 4. 
Ind. 700047. 
tel. 233-51-64 faks 233-97-43 
e-mail: tashdomfoto@mail.ru