PRESS-RELIZ

PRESS-RELIZ

Maqola sanasi:10 Mart 2023

O‘zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish Byurosi «Diplomatic Women's & Spouses' Club» va «MODERN ART» xalqaro prodyuserlik markazi bilan birgalikda joriy yilning 11 mart kuni «Registon» restoranida O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, shuningdek, ularning oila a'zolari uchun Xalqaro xotin-qizlar kuni va «Navro‘z» bahor bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning norasmiy, do‘stona muloqoti uchun sharoit yaratish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iboratdir.

Bayram dasturida Milliy liboslar taqdimoti, folklor, estrada jamoalari chiqishlari, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri va Mukimi nomidagi O‘zbek musiqali drama va komediya teatri artistlari ishtirokida «Sumalak-shou» va «Kelin salom» teatrlashtirilgan bayram namoyishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tadbir bilan bir qatorda diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish Byurosi «Diplomatic Women's & Spouses' Club» bilan birgalikda bu yil qo‘yidagi an'anaviy tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda: XVIII- madaniy an'analar va milliy taomlar Festivali, XVII- mini-futbol bo‘yicha turnir, II- diplomatik sport o‘yinlari (stol tennisi, badminton, voleybol, shaxmat, shashka, «arqon tortish») va boshqalar.