Toshkentda “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” bo‘lib o‘tdi

Maqola sanasi:29 May 2023

Poytaxtimizdagi “Central Park” bog‘ida “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning turli xalqlari urf-odati va madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘ziga xos yorqin voqea sifatida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi mamlakat madaniy hayotida haqiqiy an’anaga aylangan, 19-marta o‘tkazilayotgan “XIX madaniy an’analar va milliy taomlar festivali”da mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan yigirmadan ziyod elchixona vakillari ishtirok etdi.

Elchixona xodimlari o‘zlarining oshpazlik iste’dodini namoyish etgan holda, o‘z mamlakati taomlarini, jumladan, milliy oshxonalariga mansub bo‘lgan ekzotik lazzatlarni festival ishtirokchilariga taqdim etdi.

- Anjuman jonli va osoyishta muhitda tashkillashtirildi, mehmonlar noyob ta’m va milliy an’analardan bahramand bo‘lishlari hamda taom tayyorlash jarayonida qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar, - dedi bir ovozdan vakolatxonalar vakillari. - Bundan tashqari, festivalda dunyoning turli burchaklaridan an’anaviy milliy raqslar, musiqa va liboslarni namoyish etib, unutilmas bayram muhiti yaratildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” xayriya festivali hisoblanadi va bu yilgi shodiyonada milliy taomlarni sotishdan olingan va homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘larni barchasi O‘zbekiston "Muruvvat" bolalar uylariga o‘tkaziladi.

Festival nafaqat mamlakatning madaniy hayotini kengaytiradi va turizmni rivojlantiradi, balki mahalliy bolalar hayotini yanada yorqinroq va yaxshiroq bo‘lishiga yordam beradi.

"Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali" - bu dunyoning turli xalqlari madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish, ularning ta’midan bahramand bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir. Har yili festival tobora ommalashib bormoqda va ko‘proq mehmonlarni jalb qilmoqda, bu uning O‘zbekiston diplomatik korpusidagi muvaffaqiyati va ahamiyatini tasdiqlaydi.

Turli din vakillari, elchixonalar xodimlari ishtirok etadigan yuqori darajadagi tadbir har yili o‘tkazilishi bilan quvonchli.

Behruz Xudoyberdiyev, Muhammad Amin (surat), O‘zA