- Ru
- En
- Uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat byurosi 2023-yil 27-may kuni “Markaziy bog‘”da diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida an’anaviy XIХ-xayriyaviy madaniy an’analar va milliy taomlar festivalini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi nufuzini oshirish, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning norasmiy, do‘stona muloqot qilishlari uchun sharoit yaratish, turli mamlakatlarning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratishdan iborat.
Bundan tashqari, festival doirasida Respublika mehribonlik uylariga va «Saxovat» yolg’iz va nogiron qariyalar uylariga xayriya yordami ko‘rsatish, shuningdek, “Muruvvat” nogiron bolalar maktab-internatlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat.