"Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali" O'zbekistonning turli xalqlari urf-odatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo'naltirilgan o'ziga xos yorqin tadbiridir. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi mamlakat madaniy hayotida haqiqiy an'anaga aylangan festivalni 19-marta o'tkazdi.
Bu yil "XIX madaniy an'analar va milliy taomlar festivali"da O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan yigirmadan ortiq elchixona vakillari ishtirok etmoqda. Elchixona xodimlari o'zlarining oshpazlik iste'dodlarini namoyish etgan holda, o'z mamlakatlarining taomlarini, shu jumladan milliy oshxonalariga mansub bo’lgan ekzotik lazzatlarni festival ishtirokchilariga taqdim qilishmoqda.
Festival jonli va osoyishta muhitda tashkillashtiriladi, va u yerda mehmonlar noyob ta’m va milliy an'analardan bahramand bo'lishlari hamda taom tayyorlash jarayonida qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari, festival dunyoning turli burchaklaridan an'anaviy milliy raqslar, musiqa va liboslarni namoyish etib, unutilmas bayram muhiti yaratiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, "Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali" xayriya festivali hisoblanadi va bu yilgi festivalning asosiy homiylari “LUKOIL Uzbekistan Operating Company”, “ASTANA MOTORS”, “AMS INDUSTRIAL COMPANY”, “MIKRO LEASING”, “Coca-Cola Ichimligi O’zbekiston Ltd” kompaniyalari hisoblanadi. Milliy taomlarni sotishdan olingan va homiylar tomonidan ajratilgan mablag’larni barchasi O'zbekiston Respublikasining "Muruvvat" bolalar uylariga o'tkaziladi. Shunday qilib, festival nafaqat mamlakatning madaniy hayotini kengaytiradi va turizmni rivojlantiradi, balki mahalliy bolalar hayotini yanada yorqinroq va yaxshiroq qiladi.
"Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali" - bu dunyoning turli xalqlari madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish, ularning ta'midan bahramand bo'lish uchun noyob imkoniyatdir. Har yili festival tobora ommalashib bormoqda va ko'proq mehmonlarni jalb qilmoqda, bu uning O'zbekiston diplomatik korpusidagi muvaffaqiyati va ahamiyatini tasdiqlaydi.