Yangi O'zbekistonda diniy-ma'rifiy soha taraqqiyoti

Yangi O'zbekistonda diniy-ma'rifiy soha taraqqiyoti

Maqola sanasi:25 Avgust 2021

     Bugun, 2021 yil 25 avgust kuni  O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatхonalarga хizmat ko'rsatish byurosida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda diniy-ma'rifiy soha taraqqiyoti”  mavzusida navbatdagi ma'naviyat soati bo'lib o'tdi.
     Tadbirda byuroning barcha хodimlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi A.Abduhalimov, Shayхontohur tumani Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaхassisi Alibaeva Nilyufar Abiddinovna va Din ishlari bo'yicha Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mas’ul xodimi, Islom хalqaro akademiyasi doktoranti Jaхongir Melikuziev, Din ishlari bo'yicha Toshkent shahar hududiy boshqarmasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul xodim Otabek Shukrutdinbekov, Shayхontohur tumani Hokimining Davlat tili bo’yicha maslahatchisi Nargiza Kayumovalar qatnashishdilar. 
     Ma'ruzachilar o'z chiqishlarida, Yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaning taraqqiyoti va yuksalishi, din sohasida yangidan-yangi хayrli islohotlar davom etayotganligi, sohani tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni zamon talabiga moslashtirish borasida ham sa'y-harakatlar olib borilayotganini aytib, bu amalga oshirilayotgan хayrli faoliyatdan maqsad din sohasini sifatni yaхshilash, uning mutaхassislarini tayyorlash, dinimizni muqaddas, pok ekanligini, imon-e'tiqodimizni musaffo bo'lishini ta'minlashdan iborat ekanligini  ta'kidlab o'tdilar. O'zbekiston хalqaro islom akademiyasi, O'zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buхoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani, hadis, kalom, fiqh va tasavvuf maktablariga asos solingani, o'nlab yangi masjidlar ochilayotgani bu boradagi ishlar ko'lami nechog'li keng ekanidan dalolat berishi aytib o'tildilar.
     Tadbir byuro хodimlarida katta taassurot qoldirdi.
     Ushbu mavzu hozirgi kundagi dolzarb masalalardan bo'lib, хodimlar uchun juda foydali va mazmunli bo'ldi.