Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston–2030”

Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston–2030”

Maqola sanasi:11 Avgust 2023

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko‘rsatish byurosida 2023-yil 11-avgust kuni “Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston–2030” – mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Shayxontohur Tuman Ma’naviyat va ma’rifat rahbari N.Alibayeva, Professor, yuridik fanlar doktori Muhitdinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etdilar.

Feruza Abdurashidovna Ilmiy faoliyat yo`nalishi: 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; Huquqiy ta’limotlar tarixi    Davlat va huquq nazariyasi va tarixi: siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis. 2000-2013-yy. – Toshkent davlat yuridik instituti  Davlat va huquq tarixi kafedrasining  o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchisi, dotsenti  2018-yildan x.v kafedra professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

F. Muhitdinova 2017-yildan buyon “Huquqiy tadqiqotlar” jurnalining tahririyat  a’zosi, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Umumiy staj: 39 yil  Mutaxissislik bo‘yicha staj: 24 yil

Davra suhbati davomida F. Muhitdinova “Yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalar haqida keng va atroflicha ma’lumotlar berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirga,ni. 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi unga asos bo‘lgani. bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilib, bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilingani, Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani. umuman, konstitutsiya 65 foizga yangilangani haqida aytib, jumladan quidagilar haqida gapuirdi:

Yangi Konstitutsiyamiz moddalarida aks etgan inson huquqlari himoyasi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatlar mustahkamlab qo‘yildi. Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat qurilishi tizimida fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati, ya’ni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga bo‘lgan huquqlari kengaytirilmoqda. 
Bularning barchasi mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, xavfsizlik va mudofaa salohiyatimizni kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi-deydi ma’ruzachi o‘z nutqida

         So‘nggi yillarda mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uyg‘unligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiyoti, kuchli fuqarolik jamiyati, konstitutsiyaviy parlament demokratiyasi shakllanayotgani milliy taraqqiyotimiz va xalqimiz farovonligini ta’minlashda katta rol o‘ynamoqda. Yurtimizda “Davlat – inson uchun” degan g‘oya  asosida xalq bilan bevosita muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani va bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy ma’noda halq ovozi tinglana boshlangani, davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari kengayotganligi haqida aytib o‘tdi, va o‘z ma’ruzasini  “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga  qaratib, shular haqida to‘xtaldi:

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilishi belgilandi-dedi va ularni sanab o‘tdi:

  • har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
  • suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish.

Fuqarolar loyihalarning muhokamasida ishtirok etib, o‘z takliflarini regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborish mumkinligi haqida gapirdi.

Tadbir so‘ngida Byuro rahbari o‘rinbosari O‘tkir Hamdamov Feruza Muhitdinovaga mazmunli suhbati uchun Byuro jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘tkazilgan tadbir qiziqarli va mazmunli suhbatlarga boy bo‘lganligi bilan хodimlar ongida katta taassurot qoldirdi.