Yevropa mamlakatlarining diplomatik missiyalari rahbarlari"TEXNOPARK" MChJ faoliyati bilan tanishdilar

Yevropa mamlakatlarining diplomatik missiyalari rahbarlari"TEXNOPARK" MChJ faoliyati bilan tanishdilar

Maqola sanasi:14 Iyun 2022

2022-yil 14-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimizda akkreditatsiyadan o'tgan Yevropa mamlakatlari diplomatik missiyalari va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarlarining Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan "TEXNOPARK" MCHJga tashrifi tashkil etildi.

Yevropa diplomatlari bilan muloqot chog’ida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakat sanoat salohiyatini oshirish, shu jumladan, Yevropa davlatlarining ilg'or texnologiyalari va nou-xauini jalb etish O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi uchun maydonlardan biri 2019-yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik shaklida tashkil etilgan "TEXNOPARK" MChJ bo’lib, uning faoliyati yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportbop va import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga yo’naltirilgandir.

Diplomatik korpus vakillari ishlab chiqarish maydonlarini borib ko’rdilari, texnopark korxonalari tomonidan chiqarilayotgan qurilish materiallari, maishiy texnika, liftlar va eskalatorlar, suv nasoslari, metall konstruktsiyalar, panel radiatorlari va boshqa mahsulotlar bilan tanishdilar. 

"TEXNOPARK" MChJ tomonidan joriy yili gaz qozonlari, bazaltdan issiqlik izolyatsion materiallar, HPL-panellar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. Avtomatlashtirilgan logistika markazini ishga tushirish ham ko’zda tutilmoqda. Qayd etilganidek, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi 10 mingdan ziyod yangi ish o'rni yaratish va eksport jug’rofiyasini 30 mamlakatga yetkazish beradi.

Yevropalik hamkorlar "TEXNOPARK" MChJning salohiyati va imkoniyatlarini yuqori baholab, O'zbekiston bilan o'zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

 

 

 

www.mfa.uz