Diplomatik vakolatxonalar o‘rtasida XX xalqaro mini-futbol turniri
2026-yil 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar jamoalari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha XX xalqaro yubiley turniri oʻtkaziladi.
Mazkur turnir Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Diplomatik servis xizmati» DM tomonidan tashkil etiladi.
Turnir diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, oʻzaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, sport orqali diplomatik hamjamiyat vakillarini birlashtirish maqsadida oʻtkaziladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur turnir bu yil yigirmanchi marotaba oʻtkazilayotgan boʻlib, oʻzining yubiley yilligini nishonlaydi. Yillar davomida turnir diplomatik korpus vakillari oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi anʼanaviy sport tadbirlaridan biriga aylanib ulgurdi.
Joriy yilgi turnirda jami 20 ta jamoa ishtirok etadi. Ular quyidagilardan iborat:
- Amerika Qoʻshma Shtatlari
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
- Hindiston Respublikasi
- Eron Islom Respublikasi
- Qozogʻiston Respublikasi
- Qirgʻiz Respublikasi
- Quvayt Davlati
- Rossiya Federatsiyasi
- Saudiya Arabistoni Podshohligi
- Tojikiston Respublikasi
- Fransiya Respublikasi
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
- Osiyo taraqqiyot banki
- «LUKOIL» kompaniyasi
- VFS Global Services – UKBN Europe
- VFS Global Services – UKBN United Kingdom
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Diplomatik servis xizmati» DM
Turnir doirasida rasmiy ochilish marosimi, guruh bosqichi uchrashuvlari, pley-off bahslari, yarim final va final uchrashuvlari, shuningdek, rasmiy yopilish va taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Musobaqa yakuniga koʻra sovrinli oʻrinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, alohida nominatsiyalarda yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.
Tadbirda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari xodimlari hamda mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mini-futbol boʻyicha XX xalqaro yubiley turniri 2026 yil 26 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi stadionida boʻlib oʻtadi.
Turnir diplomatik hamjamiyat vakillari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, oʻzaro ishonch va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, sport sohasidagi anʼanaviy muloqotlarni davom ettirishga xizmat qiladi.

