Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati tizimi samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida

28.11.2023 09:20226

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Korrupsiyani oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida olib borilayotgan işlarning natijadorligini oşiriş, muhim ijtimoiy masalalarga oid oçiq ma’lumotlar kölamini yanada kengaytiriş, ulardan tösiqlarsiz foydalanişni ta’minlaş, şuningdek, “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi (keyingi örinlarda – Milliy kengaş), Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi (keyingi örinlarda – Agentlik), Boş prokuraturaning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini oliş böyiça quyidagi tizimni joriy etiş haqidagi taklifi ma’qullansin:

har çorakda Agentlik davlat organlari va taşkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va uşbu jinoyatlar körsatkiçi oşgan davlat organlari va taşkilotlariga keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar belgilaş uçun Agentlik xodimlari iştirokida körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma kiritib boradi;

har yarim yilda jinoyatlarning oldini oliş hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etiş böyiça körilayotgan çoralar Milliy kengaş yiğilişlarida tegişli davlat organlari va taşkilotlarining birinçi rahbarlari iştirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

2. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2023-2024 yillarga möljallangan davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2023 yil 1 dekabrdan boşlab Oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati quyidagi ma’lumotlar bilan töldirilsin:

hududlar kesimida “Haj” tadbiriga boriş uçun navbatda turgan ziyoratçilarning yagona onlayn navbati töğrisidagi (ziyoratga boruvçi şaxsning arizasi navbatga qöyilgan sana va röyxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;

bolalarni davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş uçun berilgan arizalar navbati (röyxati) töğrisidagi (ariza navbatga qöyilgan sana, röyxatdagi tartib raqami, yoş guruhi hamda taşkilot raqami) ma’lumotlar;

davlat organlari va taşkilotlarida davlat xaridlarini amalga oşiriş tartib-taomillarini belgilovçi xarid komissiyasining içki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yöriqnoma yoki boşqa içki idoraviy hujjat);

markaziy, hududiy va tizim taşkilotlarida böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar va taqdim qilinişi lozim bölgan hujjatlar töğrisidagi ma’lumotlar;

davlat organlari va taşkilotlari tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, şu jumladan, ğolib bölgan nodavlat notijorat taşkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan işlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.

4. Agentlikning quyidagi jarayonlarni internet tarmoği orqali jonli efirga uzatiş tartibini joriy etiş töğrisidagi taklifi ma’qullansin:

a) falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun ilmiy kengaş tomonidan ötkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy işlar bundan mustasno);

b) örta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (şu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarga kiriş imtihonlari;

v) oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilişdagi saralaş tanlovlarining quyidagi bosqiçlari:

umumjismoniy tayyorgarlikni baholaş;

çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik dasturi böyiça bilim darajasini baholaş.

5. Agentlikka davlat organlari va taşkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholaş maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş vazifasi yuklatilsin.

6. Belgilansinki, “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri:

davlat organlari va taşkilotlaridagi işonç telefonlarining (Call-markaz) hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravişda işçi holatdaligi, ma’lumotlar almaşinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, şu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi darajasini tekşiriş maqsadida ötkaziladi;

Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan aloqa vositalaridan (telefon qönğiroqlari, elektron poçta va boşqa aloqa kanallari) foydalangan holda masofaviy tartibda ötkaziladi;

natijalari böyiça davlat organlari va taşkilotlariga özining oçiqlikni ta’minlaşga oid faoliyatini yaxşilaş hamda takomillaştiriş uçun körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma yuboriladi.

Bunda quyidagilar taqiqlanadi:

“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini ötkazişda huquqbuzarliklar sodir etişga oğdiriş va undaş, şu jumladan, nizoli, bahsli holatlarni va kamçiliklarni sun’iy ravişda keltirib çiqariş;

“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini ötkazişda Agentlik mas’ul xodimlaridan taşqari boşqa şaxslardan foydalaniş;

örganiş ob’ektiga taşrif buyuriş.

Tadbir natijalari böyiça aniqlangan kamçiliklar vazirlik va idoralar xodimlarini javobgarlikka tortiş uçun asos bölmaydi, iş beruvçi tomonidan şaxsiy taşabbus körsatilgan holatlar bundan mustasno.

7. Agentlik (A.Burxanov) xalqaro taşkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:

uç oy muddatda davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlikni ta’minlaşga mas’ul xodimlarini oçiqlik sohasidagi milliy qonunçilik va xalqaro standartlar talablari böyiça öqitişga qaratilgan onlayn malaka oşiriş tizimini elektron platforma asosida yölga qöysin;

elektron platforma orqali öqitilişi lozim bölgan davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, ularning mas’ul xodimlari röyxati va aniq muddatlarini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

elektron platforma öquv modullarini yakuni böyiça har bir tinglovçi egallagan bilim va malakasi test sinovidan ötkazilib, natijalarini töplangan ballar reytingi asosida oçiq e’lon qilib boriş tartibini joriy etsin;

elektron platforma modullari qonunçilik hujjatlarida belgilangan talablar, xorijiy mamlakatlarning ilğor tajribasi va xalqaro standartlar talablaridan kelib çiqib, muntazam takomillaştirib (töldirib) borsin.

8. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-6247-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq qöşimça kiritilsin.

9. Agentlik uç oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga mas’ul va şaxsiy javobgar etib Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori A.E.Burxanov belgilansin.

11. Farmon ijrosi uçun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Özbekiston Respublikasi

            Prezidenti                                                                        Ş.MIRZIYOEV

 

Toşkent şahri,

2023 yil 27 noyabr