Korrupsiya fakti toʻgʻrisida xabar berish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DUK faoliyati bilan bogʻliq qonunchilik buzilishi holatlari yoki xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari maʼlum boʻlsa, Dipservis xizmatining “Ishonch telefoni” orqali xabar qilishingiz yoki quyidagi kanallar orqali maʼlumotlarni yuborishingiz mumkin.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Ishonch telefoni” orqali qabul qilish haftaning ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Unda fuqarolar Dipservis xizmati xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek sohaga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatlar anonimligi hamda qoʻngʻiroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari:
1. Ishonch telefoni:+998-78-150-41-74;
2. Elektron pochta – anticorruption@ddsmfa.uz ;
3. Boshqa elektron manzillar – info@ddsmfa.uz;
4. Telegram mesenjeridagi aloqa kanali – ddsanticor_bot
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha maʼlumotlar quyidagi manbalarda yoritiladi:
Dipservis xizmatining rasmiy veb-sayti – www.ddsmfa.uz
Dipservis xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi саҳифаcи – www.facebook.com/ddsmfauz.
