«DIPTRANSOIL» filiali faoliyati töğrisida qisqa maʼlumot

 

“DIPTRANSOIL” filiali Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” Davlat muassasasining tarkibiy bölinmasi hisoblanadi. Filial ixtiyorida Yunusobod tumani, Çinobod köçasi, 83-uy manzili böyiça qulay joylaşgan zamonaviy yoqilği quyiş şaxobçasi iş faoliyatini olib boradi.

“DIPTRANSOIL” avtomobillarga yoqilği quyiş şaxobçasi AI-80, AI-92, AI-95, AI-98, hamda dizel yoqilğisini kunu-tun dam oliş kunlarisiz 24/7 rejimida taklif etadi. Yoqilğini sotiş şartnomaga asosan pul köçiriş orqali qulay individual yoqilği plastik kartalaridan foydalangan holda, hamda naqd pul, şu jumladan bank plastik kartalari orqali ham amalga oşirilişi mumkin.

Bevosita AYOQŞ yonida avtomobillarga keng kölamli taʼmirlaş işlarini va texnik xizmat körsatişni taklif qiluvçi avtoservislar majmuasi mavjud. Avtoservisga yuqori malakali va tajribali mutaxassislar jalb qilingan bölib, mijozlarga yuqori sifatli texnik xizmatlarni eng maqbul narxlarda taklif qiliş imkoniyati yaratilgan. Tez orada avto ehtiyot qismlari dökoni oçilişi rejalaştirilgan bölib, bu öz navbatida avtotransport vositalariga körsatilayotgan texnik xizmatlarni yanada tezkorlik bilan amalga oşirişga va mijozlarga qöşimça qulayliklar yaratişga xizmat qiladi.

Şuningdek, “DIPTRANSOIL” filiali yakka tartibdagi mijozlar va guruh mijozlar uçun barça turdagi avtotransport xizmatlarini taklif etadi. Tez orada filial öz ixtiyoriga yengil avtotransport vositalari, minivenlar va zamonaviy qulay avtobuslarni qabul qilib olişi rejalaştirilgan. Yölovçi va mehmonlarni kutib oliş, olib yuriş, kuzatib qöyiş va manziliga yetkaziş qulay transport vositalarida yuqori tajribali malakali haydovçilar tomonidan öz vaqtida va talab darajasida amalga oşiriladi.