

EGAMBERDIYEV OYBEK XUDAYOROVICH
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DM bosh direktori
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan 2023 yil 27 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 20 yildan ortiq vaqt davomida davlat xizmatida turli yuqori lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tizimida yuqori lavozimlarda ishlagan.
Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ijroiya apparati rahbari lavozimida ishlagan.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), shuningdek Koreya universiteti (magistratura) bitiruvchisi. Ingliz tilini mukammal biladi.
Qabul vaqti: seshanba, soat 17:00-18:00
Qabul vaqti: seshanba, soat 17:00-18:00

Tashpulatov Akrom Paxriddinovich
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DM bosh direktorning o'rinbosari
2025 yilning 5-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmatiga bosh direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.
Davlat xizmatining turli lavozimlarida ishlagan.
Ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Respublika Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi” Davlat korxonasi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi Investitsiya va infrostruktura loyihalari bo‘yicha tender hujjatlarini ekspertiza qilish bo‘limi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “O‘ZMEDIMPEKS” DUK direktori lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati bosh direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishiga qadar “Quality Pharm” MChJda bosh direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.
Ingliz tilini mukammal biladi.
Qabul vaqti: dushaba, payshanba, soat 17:00-18:00
Qabul vaqti: dushaba, payshanba, soat 17:00-18:00

Mirbabayev Farrux Atxamovich
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DM bosh direktorning o'rinbosari
1997-2002 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
2003-2004 yy. - Toshkent shahri, Mirobod tuman hokimiyati, iqtisodiyot boʻlimi mutaxassisi
2006-2011 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Uzluksiz taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish boʻlimi yetakchi eksperti
2011-2014 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi Umumtaʼlim maktablarida oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - Taʼlim standartlarini takomillashtirish va ilgʻor pedagogika texnologiyalarini joriy etish boʻlimi boshligʻi
2014-2018 yy. - A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti Moliya va iqtisod ishlar boʻyicha prorektori
2018-2018 yy. - Oʻzbekiston Milliy universiteti moliya va iqtisod ishlar boʻyicha prorektori
2018-2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi
2020-2021 yy. - Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori
2021-2021 yy. - Qarshi davlat universiteti moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektori
2022-2023 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va mehnat bozoriga tayyorlash boʻlimi boshligʻi, Xalq taʼlimi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi Bosh direktori
2023 - h.v - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Dipkorpusga xizmat
koʻrsatish byurosi Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha direktor .
Qabul vaqti: chorshanba, juma, soat 17:00-18:00
Qabul vaqti: chorshanba, juma, soat 17:00-18:00

Xakimov Murodjon Maxamadjon ugli
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DM «DIPTRANSOIL» filiali direktori v.b.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DM «DIPTRANSOIL» filiali direktori v.b.