Ichki auditor (1 st.)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis” davlat muassasasi ichki auditor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: • yuridik yoki iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi; • ichki audit, moliyaviy nazorat, taftish yoki tashqi audit sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi; • Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi qonunchiligini bilishi; • davlat va ingliz tillarini bilishi; • kompyuter va ofis dasturlaridan erkin foydalana olishi. Asosiy vazifalari: • ichki auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish; • ichki nazorat tizimi va risklarni boshqarish samaradorligini baholash; • auditorlik xulosalari, tavsiyalari va hisobotlarini tayyorlash; • auditorlik tavsiyalarining ijrosi ustidan monitoring olib borish; • lavozim yoʻriqnomasiga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish. Mehnat shartlari: • ish haqi – shtatlar jadvaliga muvofiq; • mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi.; • ishga qabul qilish tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

Komplaens-inspektor (0,5 st.)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis” davlat muassasasi komplayens boʻyicha tahlilchi (0,5 stavka) lavozimiga tanlov eʼlon qiladi. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: • yuridik yoki iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi; • komplayens, ichki nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashish, risklarni boshqarish yoki shu kabi sohalarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi; • Oʻzbekiston Respublikasining komplayens, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini bilishi; • davlat va ingliz tillarini bilishi; • kompyuter va ofis dasturlaridan erkin foydalana olishi. Asosiy vazifalari: • komplayens risklarini tahlil qilish; • qonunchilik va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish; • komplayens sohasiga oid ichki hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish; • tahliliy maʼlumotlar, xulosalar va hisobotlar tayyorlash; • lavozim yoʻriqnomasiga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish. Mehnat shartlari: • ish hajmi – 0,5 stavka; • ish haqi – shtatlar jadvaliga muvofiq; • mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi; • ishga qabul qilish tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi.