Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari qöşma loyihalarning borişini muhokama qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-mart kuni telefon orqali muloqot qildilar.
Yetakçilar yaqinlaşib kelayotgan bahor va yangilaniş bayrami – Navröz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinçlik-osoyiştalik va farovonlik tiladilar.
Davlatimiz rahbari Qirğiziston Prezidentini muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani va Qirğiziston-Tojikiston davlat çegarasini delimitatsiya qiliş töğrisidagi şartnoma imzolangani bilan ham tabrikladi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa ustuvor yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yirik mintaqaviy loyihalarni jadallaştiriş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston va Qirğiziston yetakçilari bölajak oliy darajadagi uç tomonlama uçraşuvga, şuningdek, Samarqand şahrida ötkaziladigan "Markaziy Osiyo - YEI" sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida töxtaldilar.

