E.P. Yesper Var O‘zbekistonda Daniyaning yangi elchisi bo‘ldi.
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Yesper Var janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik.
Ikki tomonlama munosabatlarimizni mustahkamlash bo‘yicha, jumladan, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarni atroflicha muhokama qildik.
Tashqi ishlar vazirligi munosabatlarimizning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida birgalikda hamkorlikka tayyor. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

