“Diplomatic Women’s club Tashkent”

“Diplomatic Women’s club Tashkent”

17.02.2025 15:091180

Elçilarning rafiqalarini birlaştirgan “Diplomatic Women’s  club Tashkent” ,  Toşkent xalqaro xotin-qizlar klubi faol ijtimoiy, madaniy va xayriya işlarini olib bormoqda. Xalqaro klubga aʼzo bölgan xonimlar, turmuş örtoqlari siyosiy masalalarni hal qilar ekan, mamlakatimizda ham xuddi şunday muhim vazifani bajarmoqda. Xonimlar Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Diplomatik xizmati tomonidan Özbekiston Oşpazlar uyuşmasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan umumiy "catering" xizmatlari taqdimoti va milliy taomlarni tayyorlaş böyiça mahorat saboqlarini taşkil etişda iştirok etdi.
Uçraşuv davomida diplomatik hamjamiyat yuqori darajadagi tadbirlar uçun işlab çiqilgan yangi ovqatlaniş konsepsiyasi bilan taniştirildi. Özbekistonlik yetakçi oşpazlar milliy taomlarning zamonaviy talqinlarini namoyiş etişdi, ularda an’anaviy retseptlar xalqaro gastronomik tendentsiyalar bilan uyğunlaşgan. Bunday yondaşuv nafaqat madaniy merosni saqlab qoladi, balki özbek oşxonasini xorijlik mehmonlar uçun yanada jozibador qiladi.
Ovqatlarni moslaştirişga alohida e’tibor qaratildi: mutaxassislarimiz klassik özbek oşxonasini qanday zamonaviy formatda taqdim etiş mumkinligini, şuningdek, xalqaro retseptlar özbek tomoşabinlari didiga mos kelişini körsatdi. Bu gastronomik turizmni rivojlantiriş va madaniy muloqotni kengaytirişda muhim qadamdir.
         Taqdimotda quyidagi elçixonalar faol iştirok etdilar: Ozarbayjon, Misr, Indoneziya, Eron, Xitoy, Malayziya, Falastin, Çexiya, Şveytsariya, Fransiya, Polşa, Isroil, Qozoğiston va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi.

 

 

Ulaşiş: