O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bag‘ishlangan “Biz bir bo‘lsak yagona halqmiz-birlashsak Vatanmiz!”– mavzusida davra suhbati

27.08.2024 16:591478

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko‘rsatish byurosida 2024-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining  33 yilligiga bag‘ishlangan “Biz bir bo‘lsak yagona halqmiz-birlashsak Vatanmiz!”- mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Sultanova E’tibor Siddikovna, siyosiy fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori ishtirok etdi. 

Davra suhbati davomida E.Sultanova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berib, uning mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, jumladan shular haqida gapirdi:

O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi va uning Jahonshumul tarixiy ahamiyati.O’zbekistonda huquqiy demokratiyaO’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi. 1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.     
       I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 

1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda [1]. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi[2]. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentyabrda Prezident I.A.Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi[2]. 1992-yil 3-iyulda „Oʻzbekiston Respublikasida bayramlar toʻgʻrisida“gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi. Qonun asosida oʻsha paytda amalda boʻlgan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi.

Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri – xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi. 

O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 

1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi.

Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi.

1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo`limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti: Xalq hokimiyati: Fuqarolar huquq va erkinliklirni ta`minlash: qonuniylik: hokimiyatni ajratish: mahalliy o`z-o`zini boshqarish: sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. huquqiy davlat shakllantirishning stategik dasturidir. 

Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o`rnatilgan ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy barqarorlik tarixiy, diniy, qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoishitalik, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishi mamlakatimizda olib borilayotgan adolatli siyosat - yagona halqmiz-bir bayroq ostida birlashganidan dalolatdur- deya o‘z ma’ruzasiga yakun yasadi. 

Tadbir so‘ngida E’tibor Sultonovaga mazmunli suhbati uchun Byuro jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi.

O‘tkazilgan tadbir qiziqarli va mazmunli suhbatlarga boy bo‘lganligi bilan хodimlar ongida katta taassurot qoldirdi.