Özbekiston va Tojikiston yetakçilari qöşma kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş muhimligini qayd etdilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlaşib kelayotgan Navröz bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam soğlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladilar.
Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakçisini muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani va Tojikiston-Qirğiziston davlat çegarasini delimitatsiya qiliş töğrisidagi şartnoma imzolangani bilan ham tabrikladi.
Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelişuvlarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faol siyosiy muloqotni davom ettiriş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, faol madaniy-gumanitar va hududlararo almaşinuv dasturlarini qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş muhimligi qayd etildi.
Mart oyi oxirida Tojikistonda bölajak uç tomonlama uçraşuvga hamda joriy yil aprel-may oylarida mamlakatimizda ötadigan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik köriş masalalari körib çiqildi.

