Obod mahallada bayram şukuhi

Obod mahallada bayram şukuhi

20.03.2025 16:54162

Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga taşrifi çoğida Iykota mahallasida bölib, quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişdi.

Bu yerdagi 37 ta köp qavatli uy va 1 ming 400 ta hovlida 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mamlakatimizda mahallabay amalga oşirilayotgan manzilli işlar Iykotada ham öz natijasini bermoqda. Yangi köp qavatli uylar qurilgan. Yölaklar va içki köçalar ta’mirlangan. Maydonçalarga gul va maysalar ekilgan.

Ötgan yili uç qavatli mahalla idorasi foydalanişga topşirilgan edi. Endi davlat byudjeti hisobidan 358-umumta’lim maktabi qurildi. Prezidentimiz uşbu yangi muassasani közdan keçirdi.

Ta’lim tizimiga bölayotgan e’tiborning yorqin ifodasini bu yerda ham köriş mumkin. Qariyb ming örinli maktabda fan xonalari, kompyuter va xorijiy til xonalari, robototexnika tögaragi, laboratoriya zarur öquv jihozlari bilan ta’minlangan. Kutubxona, sport zali, futbol maydoni va oşxona bolalar uçun keng qulayliklar yaratilgan.

Pedagoglar bilan muloqot çoğida bolalarning qobiliyatini töğri şakllantiriş, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvçilarni kasb-hunarli qilib hayotga yöllaş muhimligi ta’kidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yönalişlarni kengaytiriş, ösmirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş vazifalari körsatib ötildi.

Mahalladagi yangi uylarning birinçi qavatlarida ikkita xususiy boğça taşkil etilgan. Ular Navröz arafasida oçilgani ota-onalar uçun bayramona tuhfa böldi.

Içki imkoniyatlarni işga solib, aholi bandligini ta’minlaş tamoyili bu mahallada ham namoyon. 70 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi, 2 ta işlab çiqariş korxonasida köpçilik rözğor tebratayapti. Prezidentimiz farmoyişi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida tomorqadan unumli foydalaniş, qişloq xöjaligi ekinlari ekiş qizğin davom etmoqda.

 

president.uz

Ulaşiş: