Mötabar maskanlar obod qilinadi

Mötabar maskanlar obod qilinadi

25.03.2025 15:09195

Prezident Şavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga taşrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi. 

– Kuni keça xalqimiz bilan Navröz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana şu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu uluğ kunlarga tinçlik-xotirjamlikda yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytamiz. Ilohim, hamişa yurtimiz tinç, elimiz farovon bölsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oşsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda qurayapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat öçoği bölsin, – dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Imom Buxoriy maqbarasi butun islom olamida e’zozli maskan. Köp ming sonli ziyoratçilarga şaroitlarni kengaytiriş maqsadida Prezidentimiz taşabbusi bilan bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda.

Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kişiga möljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga uluğvorlik bağişlagan. Şuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat körsatiş binolari barpo etilgan. 

Ayni paytda pardozlaş işlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peştoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.

Bundan taşqari, hududda ikki ming örinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, törtta tahoratxona barpo etiladi.

Bu yil yurtimizda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi. Şu haqdagi Prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand şahridagi majmuasini qayta ta’mirlaş va obodonlaştiriş belgilangan.

Taşrif çoğida Prezidentimizga uşbu loyiha taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kişiga möljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilişi közda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uçun xonalar böladi. Majmua yaqinida ziyoratçilar uçun avtoturargoh, tahoratxona quriladi. 

Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar köpaygan paytda yaşagan, butun hayotini islomiy aqiydani himoya qiliş va ma’rifatini yoyişga bağişlagan. U zotning moturidiylik ta’limoti, “Ta’vilotul Qur’on”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bağrikenglik va mötadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning ma’naviy asoslariga aylangan.

Davlatimiz rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb bölib borayotganini ta’kidlab, alloma bobomizning merosini yanada keng örganiş va jahonga tarğib etiş, majmuaga keluvçilarga şaroitlarni kengaytiriş böyiça körsatmalar berdi. 

Yana bir xayrli loyiha – Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilişga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tuğilgan söfiy olim naqşbandiya ta’limotining rahnamolaridani biri bölgan. Ilm va din yölidagi uzoq safardan söng, Samarqand viloyatida abadiy qönim topgan.

Bu maskanga keluvçi ziyoratçilar ham köp. Ularga şaroitlarni yaxşilaş maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uç qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilişi rejalaştirilmoqda.

Samarqand zaminidan yetişib çiqqan boşqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqiçma-bosqiç ta’mirlanib, obod qilinadi.

 

president.uz

Ulaşiş: