Özbekiston va Nauru örtasida diplomatik munosabat örnatildi

Özbekiston va Nauru örtasida diplomatik munosabat örnatildi

25.03.2025 15:15201

Tinç okeanida joylaşgan mitti davlat – Nauru Respublikasi Özbekiston bilan rasman davlatlararo aloqani yölga qöygan 159-mamlakatga aylandi.

Qöşma hujjatni Nyu-York şahrida tantanali ravişda mamlakatimizning BMT huzuridagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va uning hamkasbi Lara Erab Daniel imzoladi.

Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan BMTning ixtisoslaşgan muassasalari doirasidagi şeriklikni mustahamlaşga tayyorliklarini bildirdi. Şuningdek siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar bilan boğliq özaro manfaatli yönalişlarni belgilab oliş uçun umumiy sa’y-harakatni faollaştirişga kelişib olindi.

Mazkur voqea Özbekistonning taşqi siyosiy aloqalarini çuqurlaştiriş hamda mamlakatimizning xalqaro maydondagi iştirokini kengaytiriş yölida muhim qadam hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, 21 fevral kuni Janubiy Amerikadagi Surinam Respublikasi bilan ham diplomatik munosabat yölga qöyilgan edi.

Aziza Alimova tayyorladi. ÖzA

Ulaşiş: