Fayzli iftorlikda yurtimizdagi ahillik namoyon böldi

Fayzli iftorlikda yurtimizdagi ahillik namoyon böldi

26.03.2025 17:49178

25-mart kuni barça hududlarda ehson dasturxonlari yozilib, iftorlik marosimi ötkazildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida ötgan iftorlikda iştirok etdi.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari xalqimizni va jamiki musulmon ummatini muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor tabrikladi.

– Uşbu şarofatli oyda gözal diyorimizda mana şunday fayzli iftorlik marosimini el-yurtimiz bilan birgalikda ötkaziş nasib etgani uçun mehribon va qudratli Alloh taologa behisob şukronalar aytamiz, – dedi Prezident.

Mamlakatimizda “Inson qadri uçun, inson baxti uçun” degan ezgu ğoya hamma işda asosiy dasturga aylanmoqda. Fuqarolarning huquqlari, vijdon erkinligi ta’minlanayotgani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bölmoqda. Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar – ahillik va hamjihatlik, mehr-saxovat, sabru qanoat, axloq-odob, ilmu ma’rifat fazilatlari jamiyatimizda tobora mustahkam bölib bormoqda.

Islom dinining insonparvarlik mohiyatini çuqur örganiş, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, uluğ allomalarimizning boy merosini töplaş va keng tarğib etişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, şu maqsadda poytaxtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Bu ulkan ilmiy-ma’naviy loyiha neça ming yillik taraqqiyot yutuqlarini özida mujassam etib, islom sivilizatsiyasi yurtimizda aynan ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat asosida rivojlanganini tasdiqlaydi, yoşlarimizni buyuk kaşfiyotlarga ruhlantiradi.

Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy majmuasi qurilişi ham jadal davom etmoqda. Buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bağişlangan muzey va ilmiy dargohlar bilan birga, 10 ming kişilik masjid bunyod etilmoqda. Bu ikki muhtaşam obida joriy yilda oçilişi rejalaştirilgan.

Prezidentimizning 14 martdagi qaroriga muvofiq, bu yil Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi. U zotning Samarqanddagi muborak qadamjosi yanada obod qilinadi, boy ilmiy merosi va moturidiylik ta’limoti xorijiy olimlar bilan hamkorlikda örganiladi.

Yurtimizdagi turli millat va din vakillari örtasida ahillikni kuçaytiriş maqsadida şu yil sentyabrda yana bir tadbir – Toşkent va Samarqand şaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti forumi” ötkaziladi. Bu xalqaro anjuman turli diniy e’tiqod vakillari örtasida öziga xos ma’rifiy muloqot maydoni böladi.

Konstitutsiyamizga muvofiq, Özbekiston ijtimoiy davlat maqomiga ega bölib, xalqçil va insonparvar siyosat yuritilmoqda. Xususan, ötgan yilning özida kömakka muhtoj insonlarga 16 trillion sömlik moddiy yordam va nafaqalar berilgan. Kam ta’minlangan oilalarga mansub 51 ming nafar bola boğçaga joylaştirilgan, ularning 176 ming nafar a’zosiga tibbiy kömak körsatilib, 182 ming nafari ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan.

“Saxovat va kömak” jamğarmasi orqali 94 mingga yaqin kam ta’minlangan oilalarga davolaniş, oziq-ovqat, kiyim-keçak, kommunal tölovlar bilan boğliq 130 milliard sömlik xarajatlar qoplab berilgan.

“Ayollar daftari” doirasida 3,5 million nafar xotin-qizga 5 trillion 700 milliard sömlik yordam ajratilgan. “Yoşlar daftari” joriy etilganidan buyon 1 million 300 ming nafar ehtiyojmandga 1 trillion 700 milliard sömlik ijtimoiy yordam körsatilgan.

Bundan taşqari, yurtimiz hojilarining taşabbusi bilan kam ta’minlangan, boquvçisini yöqotgan, ehtiyojmand oilalarga 6 milliard 300 million söm miqdorida moddiy yordamlar körsatilgan.

Yurtni obod qiliş, köçat ekib, boğ yaratiş ham savobli iş. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi aynan şu maqsadga qaratilgan. Hozirgi bahor mavsumining özida diniy soha xodimlari tomonidan 10 ming tupdan ziyod daraxt, 32 ming tupga yaqin gul ekildi, masjid va ziyoratgohlar atrofi obod qilindi.

“Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili”ga oid davlat dasturi doirasida tabiatparvarlik kölami yanada kengaymoqda. Yaqinda Xiva şahrida ötkazilgan Konfessiyalararo kengaş majlisida yurtimizdagi diniy konfessiyalar vakillari mazkur davlat dasturida faol iştirok etiş böyiça murojaatnoma qabul qildi.

Uşbu iftorlik marosimida ham xorijiy davlatlar elçilari, xalqaro taşkilotlar hamda diniy konfessiyalar vakillari jamlangani yurtimizdagi bağrikenglik va totuvlikning yana bir ifodasi böldi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida dunyodagi vaziyatga ham töxtalib ötdi. Aksariyat ziddiyat va mojarolar aynan islom dunyosida sodir bölayotgani afsus bilan qayd etildi.

Notinçlik öçoqlari istalgan paytda kengayib ketişi mumkinligi, musulmon mamlakatlarida tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş uçun birdamlik va islom ummati hamjihatligini yanada mustahkamlaş har qaçongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

Buning uçun, birinçi navbatda, yoşlarni yot ğoyalar ta’siridan saqlaş, ilm-ma’rifatga yönaltiriş e’tibor markazida turişi kerak.

Şu haqda gapirar ekan, Şavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqşbandning “Qöling mehnatda, diling Allohda bölsin”, degan ögitini yodga oldi. Yoşlarimizni mana şunday ruhda tarbiyalaş, ularni mehnat va kasbga örgatiş juda muhim ekanini ta’kidladi.

Ayni kunlarda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bağrikenglik oyi” şiori ostida yurtimizdagi 9 ming 500 ga yaqin mahallada kam ta’minlangan oilalarda iftorlik dasturxonlari yozilib, ularning holidan xabar olindi. Bunday xayrli işlar inson qadrini uluğlaş, pok maqsadli barça yurtdoşlarimizni yanada birlaştirişga xizmat qiladi.

– Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yaxşilarning işi – yaxşilik qilişdir”. Çindan ham, bu hayot aynan ezgulik va yaxşilik tufayli doimo yoruğ va bardavomdir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Niyatlar ijobat böladigan muborak Ramazon oyida, Qadr keçasi arafasida turib, ezgu tilaklar aytildi.

Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Alloh taolodan butun dunyoda tinçlik, yurtimizda farovonlik, mehr-oqibat barqaror bölişini sörab, duolar öqildi.

Yurtimizning barça hududlarida ötgan iftorlik tadbirlarida nuroniylar, ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand kişilar, jami 60 mingga yaqin iştirokçi qatnaşdi.

 

president.uz

Ulaşiş: