Davlat rahbarlari Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston döstligi timsolini oçdilar
01.04.2025 12:04134
Xöjand şahrida ötayotgan oliy darajadagi tadbirlar dasturiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uç mamlakat davlat çegaralari tutaşgan hududda Döstlik stelasini tantanali ravişda oçdilar.
Uç mamlakat Boş vazirlari örinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga quriliş işlari yakunlangani va obyekt tayyorligi töğrisida axborot berdi.
Uşbu yodgorlik qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va strategik şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi böladi.

