Davlat rahbarlari qöşma konsertda iştirok etdilar

Davlat rahbarlari qöşma konsertda iştirok etdilar

01.04.2025 12:07136

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uç mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida qatnaşdilar.

Davlatimiz rahbari öz sözida birodar xalqlarni bahoriy yangilaniş bayrami Navröz va muborak Ramazon hayiti bilan çin dildan qutladi.

- Bugun xalqlarimiz uçun haqiqatan ham katta va uzoq kutilgan bayram. Biz uç davlat çegaralarining tutaş nuqtasi haqidagi tarixiy şartnomani imzoladik. Bundan buyon çegaralar – birodarlik çiziqlari, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va hamkorlik makonidir, - dedi Prezident.

Xalqlarimizning muqaddas tuproği, dini, taqdiri bir, taşviş-u quvonçlari, intilişlari öxşaş ekani ta’kidlandi. Endi bu gözal zaminni bugungi va kelajak avlodlar munosib va baxtli yaşaşi uçun birgalikda obod qiliş bizning burçimizdir.

Keyingi yillarda umumiy siyosiy iroda tufayli mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarda ulkan ijobiy özgarişlar yuz berdi.

Bugun Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi Ittifoqçilik munosabatlari töğrisida şartnoma kuçga kirdi. Yaqin kunlarda Özbekiston va Qirğiziston örtasida ham şunday hujjat imzolanadi.

Savdo, investitsiyalar, yuk taşiş, fuqarolarning bordi-keldisi izçil köpayib bormoqda. Muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni oşmoqda.

Bugungi muzokaralarda işbilarmonlik va madaniy almaşinuvlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, töğridan töğri parvozlar sonini köpaytiriş, çegaraoldi hududlardagi şaharlar örtasida yangi avtobus yönalişlarini yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişilgani qayd etildi.

Madaniy tadbirlar, ijodiy festivallar, yoşlar forumlari, sport musobaqalarini muntazam ötkazib borişga alohida e’tibor qaratildi.

- San’at çegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi odamlarni birlaştiriş. Uç mamlakatning iste’dodli san’at ustalari ijrosidagi bugungi konsert ham madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va muştarakligini yana bir bor namoyiş etadi, - dedi sözining yakunida Özbekiston Prezidenti.

 

president.uz

Ulaşiş: