Özbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

08.04.2025 17:28164

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.

Qöşma uçraşuvda Qozoğiston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koşanov, Qirğiz Respublikasi Jogorku Keneşi Torağasi Nurlanbek Turğunbek öğli, Tojikiston Respublikasi Majlisi Namoyandagon Raisi Fayzali Idizoda va Turkmaniston Majlisi Raisi Dunyogözal Gulmanova iştirok etdi.

Yuqori martabali mehmonlar Özbekiston Respublikasi Prezidentiga öz mamlakatlari yetakçilarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar, mintaqamizda ilk bor ötkazilayotgan uşbu xalqaro tadbirning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Qardoş mamlakatlar örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

4-aprel kuni Samarqand şahrida ötgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammiti va Iqlim forumining samarali natijalari yuksak baholandi.

Oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda mintaqada ötkazilgan uçraşuvlar, jumladan, çegaralarni delimitatsiya qiliş masalalari töliq tartibga solingani hamda Xöjand şahrida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi şartnoma imzolangani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi köp karra oşdi, çegaraoldi savdo zonalari taşkil etilmoqda.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, şu jumladan mamlakatlarimiz hududlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Madaniyat va ta’limda tadbirlarga boy dasturlar röyobga çiqarilmoqda.

Uçraşuvda mamlakatlarimiz va xalqlarimizni yanada yaqinlaştiriş, qöşma kooperatsiya taşabbuslari va loyihalarini ilgari suriş, hududlararo aloqalar va gumanitar almaşinuvni kengaytiriş maqsadida parlamentlararo muloqotni, şu jumladan qömitalar darajasida mustahkamlaş muhim ekani ta’kidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: