Özbekiston Prezidenti arab mamlakatlari parlamentlari rahbarlarini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti arab mamlakatlari parlamentlari rahbarlarini qabul qildi

08.04.2025 17:31211

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida arab davlatlari parlamentlari rahbarlarini qabul qildi.

Uçraşuvda Arab parlamenti Raisi Muhammad bin Ahmad Al-Yamahiy, Bahrayn parlamenti Vakillar kengaşi Spikeri Ahmad bin Salmon Al-Musallam, Misr Vakillar palatasi Spikeri Hanafiy Ali Al-Jabaliy, Ömon Şöro kengaşi Raisi Xolid bin Hilol Al-Ma’avali, Qatar Şöro kengaşi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Ğanim va Birlaşgan Arab Amirliklari Federal milliy kengaşi qömitasi raisi Ali Raşid Al-Nuaymiy iştirok etdi.

Arab dunyosi davlatlari bilan köp qirrali munosabatlarni, şu jumladan parlamentlararo aloqalar orqali yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida delegatsiyalar rahbarlari Özbekiston yetakçisiga öz mamlakatlari yetakçilarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Keyingi yillarda Özbekiston va arab mamlakatlarining keng qamrovli şerikligi jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajadagi tarixiy taşriflar amalga oşirildi, özaro muloqot va almaşinuvlar faol davom ettirilmoqda.

Birlaşgan Arab Amirliklari va Qatar Davlati bilan munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarildi, Saudiya Arabistoni va Misr bilan keng qamrovli hamkorlik yölga qöyildi.

Bahrayn Podşohligi va Ömon Sultonligi bilan har tomonlama hamkorlik izçil rivojlanmoqda.

Uşbu mamlakatlar bilan investitsiya loyihalari portfeli 50 milliard dollardan oşdi. "Yaşil" energetika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, IT, transport va logistika, infratuzilma va turizm sohalarida loyihalar amalga oşirilmoqda. 500 ga yaqin qöşma korxona taşkil etildi, töğridan töğri aviaqatnovlar soni haftasiga 150 tadan oşdi.

Mintaqaviy kun tartibidagi, şu jumladan Yaqin Şarqdagi vaziyatni tartibga solişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, eng avvalo, joriy yil may oyida Samarqand şahrida "Markaziy Osiyo - Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi" muloqtining ikkinçi sammitini ötkaziş masalalari körib çiqildi.

 

president.uz

Ulaşiş: