Özbekiston Prezidenti Global özgarişlar instituti rahbari bilan uçraşuv ötkazdi

Özbekiston Prezidenti Global özgarişlar instituti rahbari bilan uçraşuv ötkazdi

11.04.2025 14:08160

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Boş vaziri, Global özgarişlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Özbekistonning uşbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Toni Bler Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarning borişi va kölamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari suriş doirasida zarur ekspert-maslahat kömagini körsatişga tayyorligini bildirdi.

Iqtisodiyot tarmoqlariga yirik strategik investorlarni jalb qiliş, texnologik modernizatsiya, raqamlaştiriş va sun’iy intellektni joriy etişni jadallaştiriş, ustuvor sohalarda qöşma dastur va loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar hamkorlikning boşqa asosiy yönalişlari sifatida qayd etildi.

Ta’kidlaş joizki, Buyuk Britaniyaning sobiq Boş vaziri Toni Bler tomonidan 2016-yilda taşkil etilgan institut xalqaro notijorat taşkilot hisoblanadi. U turli mamlakatlarga barqaror va innovatsion rivojlanişning yangi modellarini işlab çiqişda, iqlim özgarişi va boşqa zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda kömaklaşadi.

 

president.uz

Ulaşiş: