Xalqaro turizm markazining master-rejasi körib çiqildi

Xalqaro turizm markazining master-rejasi körib çiqildi

16.04.2025 15:45161

Prezident Şavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanişdi.

Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barça sohalarga ilğor ğoyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda sönggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor iş boşladi. Ötgan yili xorijiy sayyohlar taşrifi ilk bor 10 milliondan oşdi. Birgina Toşkent viloyatining Böstonliq hududida Amirsoy va “Ugam River” kabi kurortlar, “Beldirsoy-Çimyon-Nanay” turizm maskanlari taşkil etildi.

Bunday rivojlaniş sur’ati çet ellik investorlarni ham öziga tortmoqda. Jumladan, Çorvoq suv ombori böyida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi qurilişi haqida avval xabar berilgan edi. Bu galgi taqdimotda uşbu yirik loyihaning bir neçta xorijiy kompaniyalar iştirokida işlab çiqilgan master-rejasi körib çiqildi.

Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kiçik hududga bölib quriş közda tutilmoqda. Ularning har biri piyoda boriş mumkin bölgan köngiloçar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirğoq örtasida köprik qurilib, keluvçilarga qulaylik oşiriladi. Suv böyida xiyobon, plyaj va dam oliş joylari bölsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoşagohlar böladi. Şuningdek, madaniyat, ta’lim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Ya’ni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yaşaş imkoniyati ham yaratiladi.

Davlatimiz rahbari bu loyiha barça taşrif buyuruvçilarga qulay bölişi lozimligini ta’kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: