Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatida yangi barpo etilgan Bobur şahrida ötkazilgan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar, muhtaram Andijon ahli!
Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda köklam nafasi kezib yurgan mana şunday fayzli kunlarda diydor körişib turganimdan ğoyat mamnunman. Barçangizga özimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Hammangizga ma’lumki, inson qadrini uluğlaş, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta’minlaş, şu asosda odamlarni hayotdan rozi qiliş – Yangi Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarning boş maqsadidir.
Bugun jonajon Vatanimizning barça viloyatlari, qişloq va ovullarida ana şu uluğ va ezgu maqsad qanday amaliy natijalar berayotganini körib, albatta barçamiz çeksiz quvonamiz. Buning amaliy tasdiğini gözal va betakror Andijon zaminida ham yaqqol körişimiz mumkin. Viloyatda sanoat, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi, boğu roğlar barpo etiş, köça va mahallalarni obod qiliş, aholi uçun munosib mehnat va yaşaş şaroitlari yaratiş böyiça köplab tahsinga loyiq işlar qilinmoqda.
Qani endi, imkoni bölsa-yu, bu sölim diyorga tez-tez kelib, siz, azizlar bilan çin dildan miriqib suhbatlaşsam. Çunki, sir emas, men doimo sizlar kabi mard va tanti, qalbi – Ollohda, qöli – işda bölgan insonlar bilan uçraşib, muloqot qilib, özim uçun beqiyos ma’naviy kuç olaman, ruhlanaman.
Işonç bilan aytiş mumkinki, Andijon zaminida Yangi Özbekiston ğoyasi, Yangi Özbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda.
Bu – islohotlarimizning biz kutgan, butun xalqimiz kutgan eng katta, eng muhim natijasi, desak, töğri böladi.
Qadrli döstlar!
Faxr bilan ayta olamizki, Andijon butun mamlakatimiz, Markaziy Osiyo mintaqasining zamonaviy, yirik şaharlaridan biri, vodiy gavharidir. Bu köhna zamindan köplab olim va mutafakkirlar, maşhur şoir va adiblar, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari yetişib çiqqan.
Andijon – buyuk mutafakkir, bunyodkor şoh Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavallud topgan tabarruk diyor ekani barçamizga ğurur-iftixor bağişlaydi.
Bugungi kunda Andijonda barça soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda bu yerda juda katta salohiyat mavjud. Ana şunday ulkan imkoniyatlarimizni işga soliş, hududni yanada taraqqiy ettiriş maqsadida sizlar bilan bundan ikki yil avval Yangi Andijon şahri va “Yangi Özbekiston” boğini barpo etiş haqida kelişib olgan edik.
Ötgan davr mobaynida uşbu ulkan loyihani amalga oşiriş borasida katta işlar bajarilganiga barçangiz guvohsiz. Nafaqat guvohsiz, ayni paytda ularda bevosita iştirok etmoqdasiz. Qisqa vaqt içida havas qilsa arziydigan mana şu gözal şaharça bilan birga “Yangi Özbekiston” boği ham qad kötardi.
Siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni ana şu buyuk mehnat ğalabasi bilan samimiy tabriklayman. Bunday fayzli, muazzam maskan barçamizga, avvalo, mehnatkaş va olijanob Andijon ahliga muborak bölsin, buyursin!
Xalqimizning bunyodkorlik an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan, fidoyilik va taşabbuskorlik fazilatlarini amaliy işlari bilan namoyon etayotgan Andijon ahliga, bu işlarga hissa qöşgan barça insonlarga çin yurakdan taşakkur bildiraman.
Şu örinda köpdan buyon öylab yurgan bir taşabbusni sizlar bilan maslahat qilmoqçiman.
Özining betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan millatimiz, xalqimizni butun dunyoga tarannum etgan buyuk ajdodimiz – Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Yangi Andijon şaharçasiga – Bobur şahri deb nom bersak, nima deysizlar?
Qöllab-quvvatlaganingiz uçun rahmat. Işonçim komil, bu taşabbus har tomonlama xalqimizning könglidagi iş böladi.
Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uçraydigan şunday benazir, uluğ zotki, uning şarafiga nafaqat köça va maydonlar, boğu roğlar, balki alohida şahar bunyod etsak, albatta arziydi.
Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomçisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, iste’dod homiysi bölgan buyuk şaxsdir.
Uning yoşlik paytlaridan yurtda tinçlik va adolat örnatiş uçun olib borgan kuraşlari, bu yölda körsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.
Heç şubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi bölgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uçun ham uning şarafiga mana şunday gözal şaharçani bunyod etsak, arziydi.
Çunki, takror aytişga töğri keladi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olamga maşhur ajdodlarimiz borligini, ular Özbekiston farzandi ekanini heç qaçon unutmasligimiz kerak.
Özligimizni anglab, şonli tariximizni yoş avlodimizga, bolalarimizga tuşuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, uluğ bobolarimizga munosib bölib yaşasak, Yangi Özbekistonni ham, Uçinçi Renessansni ham albatta quramiz!
Aziz döstlar!
Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz bor-yöği 47 yil umr keçirdi. Şu qisqa vaqt davomida u inson aqli bovar etmaydigan qanday buyuk işlarni amalga oşirgani, qanday me’moriy obidalar, boğu roğlar barpo etib, özidan öçmas nom qoldirib ketgani ham barçamiz uçun yuksak örnak namunasidir.
Şu ma’noda, hazrati Boburning şonu şuhrati va qadr-qimmatini joyiga qöyiş, uning bebaho merosini xalqimizga yanada kengroq taniştiriş, butun dunyoga tarğib etiş hurmatli olim va adiblarimizning, hammamizning muhim burçimiz hisoblanadi.
Viloyat ziyolilari, bilimdon yoşlarimiz, butun Andijon ahli bu borada yanada faollik körsatadilar, deb işonaman.
Nega deganda, andijonliklar özining bu uluğ farzandi xotirasini öşa oğir, mustabid tuzum davrlarida ham qalbida, xotirasida e’zozlab-ardoqlab kelganini yaxşi bilamiz. Davlatimizning yaqin yordami bilan hurmatli oqsoqolimiz Zokirjon aka Maşrabov kabi önlab ma’rifatparvar insonlar, Bobur xalqaro fondi va ilmiy ekspeditsiyasi qanday katta işlarni amalga oşirib kelayotganini yuksak qadrlaymiz.
Bu borada bir masalaga alohida e’tibor qaratişimiz zarur: Bobur Mirzoning bebaho merosi – bu bir ummon. Ummonning esa heç qaçon tubiga yetib bölmaydi.
Şuning uçun mamlakatimizda, viloyatda boburşunoslik sohasida olib borilayotgan işlar töxtab qolmasligi, aksinça, yangi avlod, azmu şijoatli yoşlarimiz tomonidan davom ettirilişi, yanada yuksak bosqiçga kötarilişi lozim. Bu işda men sizlarga har tomonlama yordam berişga doimo tayyorman.
Aziz döstlar!
Mamlakatimizda amalga oşirayotgan barça özgariş va islohotlarimiz Bobur Mirzo kabi uluğ ajdodlarimizning orzu va maqsadlari, hayotiy ideallari, uluğvor işlariga hamohang, desak, yanglişmagan bölamiz.
Bugun sizlar bilan birgalikda Bobur bobomiz tuğilib ösgan tabarruk zaminda ul zotning dilida qolgan armonlarini röyobga çiqariş yölida yana bir tarixiy voqeaning iştirokçisi bölmoqdamiz, desak, ayni haqiqat böladi.
Bobur şahrini barçamiz orzu qilayotgan eng gözal, eng zamonaviy şaharga aylantiriş bugundan boşlab real vazifa qilib kun tartibiga qöyiladi. Bu şahardan haqiqiy boburiylar yetişib çiqişi uçun bobomiz nomi bilan ataladigan ixtisoslaşgan boğça va maktab, universitet, muzey, kutubxona va IT parkdan iborat yirik ta’lim klasteri barpo etiladi. Oliygoh tarkibida eng yuqori talablarga javob beradigan sport kompleksi ham quriladi.
Bir söz bilan aytganda, barçamiz birlaşib, Bobur şahrini milliy qadriyatlarimizni özida mujassam etadigan ma’naviy maskanga, ta’lim va ilm-fan şahriga, yoşlarimiz uçun ilhom va ibrat, parvoz maydoniga, nafaqat vodiy, balki mamlakatimizning turizm va madaniyat markaziga, “yaşil infratuzilma” asosida qurilgan zamonaviy “smart-siti”, ya’ni, aqlli şaharga aylantiramiz.
Bobur şahrining maydoni 4 ming gektar böladi va bu yerda 500 ming aholi munosib yaşaşi va işlaşi uçun barça şaroitlar yaratiladi.
Bu şahar, xuddi buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy nomi qöyilgan azim şahar kabi, şonli tariximiz va kelajagimiz örtasida ma’naviy köprik böladi, yangi tariximizdan munosib örin oladi.
Mana şu boğ hududining eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning yangi, muhtaşam haykalini ham örnatamiz.
Bobur şahri milliy madaniyat va san’atimiz, özbekona mehmondöstlik, bağrikenglik va hamkorlikni aks ettiradigan öziga xos közgu bölişi zarur.
Uşbu ezgu maqsadlarni amalga oşiriş uçun katta dastur qabul qilamiz, 250 million dollarlik dastlabki kapitalga ega bölgan alohida jamğarma taşkil qilinadi. Har yili bu jamğarmaga qöşimça mablağ ajratiladi.
Bugungi tadbirda Boş vazir örinbosarlari, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari ham bugungi tadbirda iştirok etyapti. Ularga alohida topşiriq: uşbu megaloyiha bir oydan keçikmay boşlanişi şart.
Hurmatli Andijon ahli!
Mana şu zamonaviy amfiteatr sahnasida, mana şu gözal boğda xalqimizning nodir san’ati doimo namoyiş etilib, uluğ şoirlarimiz şe’rlari yangrab tursa, ayni muddao böladi.
Bu oqşom uşbu yangi madaniyat maskanida atoqli san’atkorlar va iste’dodli yoş ijroçilar iştirokida bölib ötadigan konsert dasturi şu yölda ezgu an’anani boşlab beradi, desak, töğri böladi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barça madaniyat va san’at sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan butun xalqimiz nomidan, öz nomimdan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barçamiz yaxşi bilamizki, Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoning qaysi yerida, qaysi ölkasida bölmasin, bir umr vatan soğinçi bilan yaşadi. Bugun buyuk ajdodimizning armonlari uşaldi, ul zot öz yurtiga ruhan qaytib keldi, desam, öylaymanki, sizlar ham bu fikrga qöşilasiz.
Mana şunday uluğ, tarixiy kun barçamizga muborak bölsin!
Sizlarga, sizlarning timsolingizda Andijon ahliga tinçlik-omonlik, mustahkam soğliq, yangi yutuq va omadlar tilayman.

