Boburning armonlari uşaldi - Yangi Andijon uning nomi bilan ataladi

Boburning armonlari uşaldi - Yangi Andijon uning nomi bilan ataladi

16.04.2025 16:00198

Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijondagi “Yangi Özbekiston” boğidagi xalq saylida iştirok etdi.

Andijonlik yoşlar bilan muloqotda ularga yuksak işonç bildirildi.

– Davlatimizning eng ustuvor maqsadlaridan biri – yoşlar siyosati. Ta’lim-tarbiya, mahalla, bandlik, sport tizimlarida qilayotgan işlarimiz farzandlarimizning manfaatlari uçun. Bizning yoşlarimiz qobiliyatli, iste’dodli. Bu iste’dod qaçon yuzaga çiqadi? Mehnat bölsa. Bilim olib, intilgan odam heç qaçon kambağal bölmaydi, işini topadi. Siz ham öqib, izlanib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallang. Baxtli böliş uçun bugun zamin yaratişingiz kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Andijonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari bilan ham uçraşdi. Mamlakatimizdagi tinçlik-totuvlik, millatlararo ahillik eng qadrli ne’mat ekani ta’kidlandi.

Boğdagi amfiteatrda konsert dasturi namoyiş etildi. Davlatimiz rahbari tadbirda nutq sözlab, viloyat ahliga yuksak hurmatini bildirdi.

– Inson qadrini uluğlaş, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta’minlaş, şu asosda odamlarni hayotdan rozi qiliş – yangi Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarning boş maqsadidir. Bugun Vatanimizning barça viloyatlari, qişloq va ovullarida ana şu uluğ maqsad qanday amaliy natijalar berayotganini körib, albatta barçamiz çeksiz quvonamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Buning amaliy tasdiğini gözal va betakror Andijon zaminida ham yaqqol köriş mumkin. Viloyatda sanoat, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi, boğ-u roğlar barpo etiş, köça va mahallalarni obod qiliş, aholi uçun munosib mehnat va yaşaş şaroitlari yaratiş böyiça köp işlar qilinmoqda.

– Andijon zaminida yangi Özbekiston ğoyasi, yangi Özbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda. Bu – islohotlarimizning biz kutgan, butun xalqimiz kutgan eng katta, eng muhim natijasi, – dedi Prezident.

Andijon yurtimizning tarixiy şaharlaridan biri, vodiy gavharidir. Bugungi kunda viloyatda barça soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda bu yerda juda katta salohiyat mavjud. Ana şunday imkoniyatlarni işga soliş, hududni yanada taraqqiy ettiriş maqsadida Yangi Andijon şahri qurilmoqda. Qisqa vaqt içida bu yerda sölim “Yangi Özbekiston” boği ham barpo etildi.

Davlatimiz rahbari bu işlarga hissa qöşgan barça insonlarga taşakkur aytdi.

Andijon Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan diyor ekani bilan ham maşhur. Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev Yangi Andijon şaharçasiga Bobur şahri deb nom beriş taşabbusni ilgari surdi. Buni andijonliklar xursandçilik bilan qöllab-quvvatladi.

Bobur Mirzo temuriylar tamaddunining munosib davomçisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot homiysi bölgan buyuk şaxsdir. U betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan millatimiz, xalqimizni butun dunyoga tarannum etgan. Uning şarafiga alohida şahar bunyod etilsa arziydi. Bu Bobur Mirzoning dilida qolgan armonlarini röyobga çiqariş yölida yana bir tarixiy voqea bölib qolişi ta’kidlandi.

Şaharda ixtisoslaşgan boğça va maktab, universitet, muzey, kutubxona va IT-parkdan iborat yirik ta’lim klasteri barpo etiladi. Oliygoh tarkibida eng yuqori talablarga javob beradigan sport majmuasi ham quriladi.

Bobur şahri milliy qadriyatlarimizni mujassam etadigan ma’naviy maskanga, yoşlar uçun ilhom va ibrat, parvoz maydoniga, yurtimizning yana bir turizm va madaniyat markaziga, zamonaviy texnologiyalar qöllangan “aqlli şahar”ga aylantiriladi.

Bu şahar, xuddi buyuk şoir va mutafakkir Navoiy nomi qöyilgan azim şahar kabi, şonli tariximiz va kelajagimiz örtasida ma’naviy köprik böladi, yangi tariximizdan munosib örin oladi. Hududdagi boğning eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Boburning yangi, muhtaşam haykali örnatiladi.

Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun dastur qabul qilinib, 250 million dollar yönaltiriladi.

- Barçamiz bilamizki, Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoning qayerida, qaysi ölkada bölmasin, bir umr vatan soğinçi bilan yaşagan. Bugun buyuk ajdodimizning armonlari uşaldi, ul zot öz yurtiga ruhan qaytib keldi, desam, öylaymanki, sizlar ham bu fikrga qöşilasiz. Mana şunday uluğ, tarixiy kun barçamizga muborak bölsin, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari 15-aprel – madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini ham samimiy tabrikladi.

 

president.uz

Ulaşiş: