Prezident xorijiy investorlar bilan muloqot qildi
Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga taşrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oşirişni rejalaştirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uçraşdi.
Bugungi yiğilişda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bölgan jami 763 ta kiçik va mikro GESlarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uçun kerakli uskunalarni işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati körsatiladi.
Keça Bobur şahrida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilişi e’lon qilingan edi. Köplab sarmoyadorlar şahar qurilişida iştirok etişga qiziqiş bildirmoqda.
Jumladan, xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqçi. Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga möljallangan uy-joy quriladi.
Uçraşuvda şu va boşqa loyihalar töğrisida batafsil ma’lumot berildi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga investitsiyalarni köpaytiriş, investorlar bilan yaqindan işlab, zarur şaroitlarni yaratiş böyiça körsatmalar berdi.
Şu bilan Prezidentning Andijon viloyatiga taşrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toşkentga qaytib keldi.

