Futbol böyiça ön yetti yoşgaça bölgan Özbekiston terma jamoasi a’zolariga

Futbol böyiça ön yetti yoşgaça bölgan Özbekiston terma jamoasi a’zolariga

22.04.2025 17:47134

Aziz farzandlarim!

Ön yetti yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida Saudiya Arabistoni maydonlarida bölib ötgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qölga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, öz nomimdan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar kabi navqiron, azm-u şijoatli yoşlarimizning butun turnir davomida bironta ham mağlubiyatga uçramasdan, rekord natija körsatib, jonajon Vatanimiz şarafini mardona himoya qilganlari, heç şubhasiz, milliy futbolimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan şonli voqea, desak, töğri böladi.

Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi ğoyat kuçli jamoaga qarşi keskin bellaşuvda turli bosimlarga qaramasdan, ön bir öyinçiga qarşi töqqiz futbolçi şiddatli kuraş olib borganingiz çinakam jasorat va matonat namunasi böldi. Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir.

Musobaqa yakuniga köra, uç nafar iste’dodli va mohir sportçimiz yakka tartibdagi sovrinlar egasi bölgani, jumladan, Ne’matulloh Rustamjonov – turnirning eng yaxşi darvozaboni, Asilbek Aliyev – eng yaxşi töpurari, Sadriddin Hasanov – eng yaxşi futbolçisi sifatida e’tirof etilganini ham alohida ta’kidlaş lozim.

El-yurtimiz sizlarning timsolingizda doimo oldinga intilib yaşaydigan, yuksak marralarni zabt etişga qodir Yangi Özbekiston yoşlarining eng yorqin vakillarini köradi va sizlar bilan haqli ravişda faxrlanadi.

Mamlakatimizda sportga, jumladan, futbol rivojiga berilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy natijasi bölgan mana şunday tarixiy ğalaba uçun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga çin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlar uşbu ğalabadan ruhlanib, şu yil noyabr oyida Qatarda bölib ötadigan jahon çempionatida ham Osiyoning ğolib jamoasi sifatida munosib iştirok etasiz, deb işonaman.

Baxt va zafar sizlarga doimo yor bölsin, aziz farzandlarim!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 

president.uz

Ulaşiş: