Turkman xalqining milliy yetakçisi "Oliy Darajali Döstlik" ordeni bilan mukofotlandi

Turkman xalqining milliy yetakçisi "Oliy Darajali Döstlik" ordeni bilan mukofotlandi

25.04.2025 15:41173

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti - "Oliy Darajali Döstlik" ordenini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Davlatimiz rahbari mukofotni topşirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi an’anaviy döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.

- Qardoş Turkmanistonning barça ulkan yutuqlari, keng kölamli yangilanişlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalişi sizning nomingiz bilan çambarças boğliq, - dedi Özbekiston Prezidenti.

Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror ösişi ta’minlanmoqda, aholi farovonligi izçil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakçisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaş yölidagi xalqaro taşabbuslarni alohida qayd etdi.

Şu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025-yilni "Tinçlik va işonç yili" deb e’lon qiliş töğrisidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qöllab-quvvatlangani ta’kidlandi.

Turkmaniston yetakçisining şaxsiy sa’y-harakatlari tufayli Özbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga çiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani ta’kidlandi.

- Şaxsan sizning kömagingiz bilan 2017-yilda mamlakatlarimiz strategik şerikligining mustahkam asosi yaratildi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, işbilarmonlari, jamoatçiligi, ziyolilari va yoşlari örtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça dastur va loyihalar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboşlaş bir neça barobar köpayib, 1 milliard dollardan oşdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak e’tirofga loyiq. Masalan, ötgan yili Aşxobod va Toşkentda Maxtumquli asarlarining özbek tilidagi töplami taqdimot qilindi, şuningdek, Aşxobod xalqaro kinofestivalida özbek-turkman badiiy filmining premerasi bölib ötdi.

Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Respublikasining oliy mukofoti topşirilişi köp millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakçisi va me’mori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi bölgani ta’kidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: