Xorijiy diplomatlar Toşkent şahridagi "Hastimom" mahallasida Navröz ayyomini keng nişonlamoqda

Xorijiy diplomatlar Toşkent şahridagi "Hastimom" mahallasida Navröz ayyomini keng nişonlamoqda

26.04.2025 19:28167

Bugun poytaxtimizning "Hastimom" mahallasida Navröz sayillari bölib ötmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir Özbekiston Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat körsatiş byurosi tomonidan Olmazor tumani hokimligi va "Diplomatic Women's Club Tashkent" a'zolari kömagida taşkil etildi.

 

Yangilaniş va yaşariş ayyomi tantanalarida Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar rahbarlari hamda vakillari iştirok etayapti.

 

Bahor ayyomi tantanalari özbekona muhitda bölib ötmoqda. Iştirokçilar va mehmonlar uçun san'at ustalari tomondan madaniy dasturlar va sahna körinişlari namoyiş etilyapti. Tadbir mehmonlari, şuningdek, Özbekistonda Navröz bayramini nişonlaş bilan boğlik urf-odatlar, milliy qadriyatlar va mamlakatimizning boy merosi bilan yaqindan tanişmoqda.

 

Mehmonlarga Navröz bayramining ajralmas qismi bölgan sumalak va kök somsa hamda özbek palovi va turli mevalar tortiq etilyapti.

 

Madaniy aloqalarni mustahkamlaş va diplomatik munosabatlarni kuçaytiriş maqsadida taşkil etilgan mazkur bayram sayli turli mamlakatlar örtasidagi madaniy almaşinuv va hamkorlik uçun maydon vazifasini ötaydi. Şuningdek, Navröz şodiyonalari Özbekistonning boy madaniy merosini namoyiş qiliş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş uçun muhim vosita bölib xizmat qiladi.

 

Yuy Szyun, Xitoy elçisi:

– Bugun biz yuqori darajada taşkil etilgan tadbirda iştirok etyapmiz. Yurtingizda Navröz şukuhi kezib yurmoqda, biz buni his etyapmiz va bu katta ahamiyatga ega.

 

Navröz bayramining muhim jihatlaridan yana biri, odamlar hayotdan zavq olib, özlarining gözal an'analari tarğib qiliş orqali ularni kelajak avlodlarga yetkazmoqda.

 

Özbekiston Prezidentining taşabbusi bilan qadimiy Toşkent şahri har kuni yangi qiyofa kasb etmoqda — zamonaviy va obod şaharga aylanmoqda. Şu bilan birga, mazkur kent özining betakror öziga xosligini va tarixiy merosini saqlab qolgan.

 

Men bu ijobiy özgarişlarning şaxsan guvohi bölayotganimdan juda mamnunman.

 

Uşbu imkoniyatdan foydalanib, yana bir bor barçani bahor va yangilaniş ayyomi – Navrözi olam bilan tabriklayman.

 

Abdujabbor Rahmonzoda, Tojikiston elçisi:

– Toşkent şahri aholisi va mehmonlarini Navröz bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman.

 

Bugun diplomatik korpus vakillari uçun Navröz bayrami va Toşkent şahar mahallalarining taqdimoti kabi ajoyib va gözal tadbir uyuştirilganidan juda mamnunman.

 

Darhaqiqat, Toşkent mahallalari öziga xos xususiyatlari, rang-barangligi va milliy an'analari bilan ajralib turadi.

 

Asrlar davomida mahalla nafaqat özbeklar, balki tojiklar uçun ham jamiyatning muhim markazi bölib kelgan. Mahallada turli madaniy tadbirlar ötkazilib, yaqin qöşniçilik va özaro yordam kabi an'analar mustahkamlangan.

 

Fursatdan foydalanib, Özbekiston xalqiga Navröz bayrami munosabati bilan yana bir bor samimiy tabriklarimni yöllayman. Barçangizga tinçlik, farovonlik, baxt va omad tilayman.

 

dunyo.info

Ulaşiş: