IV Xalqaro baxşiçilik san’ati festivali iştirokçilariga

IV Xalqaro baxşiçilik san’ati festivali iştirokçilariga

28.04.2025 11:41209

Hurmatli festival qatnaşçilari, muhtaram mehmonlar!

Avvalo, siz, azizlarni oçiq osmon ostidagi betakror muzey şahar – qadimiy Xivada ötkazilayotgan IV Xalqaro baxşiçilik san’ati festivalining oçilişi bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugungi san’at bayramida iştirok etayotgan nufuzli xalqaro taşkilotlar va qardoş mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san’at arboblariga samimiy taşakkurim, yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Saxovatli Özbekiston zaminiga, köhna Xorazm diyoriga xuş kelibsiz!

Qadrli döstlar!

Xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgan mazkur anjuman bu yil köhna Şarq gavhari – betakror Xorazm diyorida ötkazilayotgani unga alohida ruh va mazmun bağişlamoqda. Bu ölkaning dostonçilik maktabi ğoyat qadimiy va boy tarixga ega bölib, “Lazgi” kabi dunyoga maşhur mumtoz kuy-qöşiqlari, gözal raqslari aynan ana şu azim daryodan oziqlanib kelmoqda, desak, töğri böladi.

Bu qutluğ zamindan yetişib çiqqan Özbekiston xalq baxşilari “Bola baxşi” – Qurbonnazar Abdullayev, “Qalandar baxşi” – Rözimboy Normatov, Abdulla Qurbonnazarov, Yetmişboy Abdullayev kabi yorqin ovoz va iste’dod sohiblari tomonidan yuksak pardalarda kuylangan “Oşiq Ğarib va Şohsanam”, “Göröğli”, “Avazxon”, “Alpomiş” va “Xirmondali” kabi xalq dostonlari milliy madaniyatimizning ölmas durdonalari sifatida ma’naviyatimiz xazinasidan mustahkam joy egallaganini çuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz va baxşiçilik san’atining bugungi davomçilariga ijodiy yutuq va ravnaq tilaymiz.

Hurmatli festival iştirokçilari!

Festival kunlarida sizlar san’atni çin dildan sevadigan mehmondöst, bağrikeng xalqimiz bilan samimiy muloqotlar ötkazib, yurtimizning boy tarixi, madaniyati va bezavol qadriyatlari, tabarruk maskanlari, Yangi Özbekistonning bugungi taraqqiyot yutuqlari, jumladan, baxşiçilik san’atini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişib, yorqin taassurotlarga ega bölasiz, deb işonaman.

Fursatdan foydalanib, tanlov iştirokçilari hamda festival doirasida ötkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya işiga muvaffaqiyat tilayman.

Eng ezgu va xalqçil his-tuyğularni tarannum etişda sizlarga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat va ilhom doimo yor bölsin!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 

president.uz

Ulaşiş: