Özbekiston Prezidenti "INNOPROM" xalqaro körgazmasiga taşrif buyurdi

Özbekiston Prezidenti "INNOPROM" xalqaro körgazmasiga taşrif buyurdi

30.04.2025 15:51191

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Toşkent şahrida iş boşlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beşinçi xalqaro sanoat körgazmasiga taşrif buyurdi.

Körgazma “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida ötkazilmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod. Unda Rossiya, Markaziy Osiyodagi qöşni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlardan 10 mingdan ortiq delegatlar iştirok etmoqda.

Körgazmada maşinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, quriliş, IT va boşqa tarmoqlardagi yetakçi korxonalarning texnologik yeçimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyiş etilmoqda.

Pavilonlar va ekspozitsiyalarni közdan keçiriş çoğida davlatimiz rahbari iqtisodiy kooperatsiya uçun katta salohiyat va yangi biznes ğoyalar işlab çiqiş uçun yaxşi imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.

Forum yangi yirik loyihalarni ilgari surişga sur’at bağişlaşi, uzoq muddatli şeriklik aloqalarini rivojlantiriş va hududlararo hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Tadbir doirasida Özbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisining birinçi örinbosari Denis Manturov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Prezidentimizga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ötgan yil may oyida Rossiya Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi yakunida erişilgan kelişuv va bitimlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Tovar ayirboşlaşning ösiş sur’ati saqlanib qolmoqda, ikki mamlakat hududlarini faol jalb etgan holda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, kooperatsiya loyihalari va dasturlarini ilgari suriş, şu jumladan "Innoprom" forumi doirasida özaro muvofiqlaşgan yeçimlarni işlab çiqiş muhimligi ta’kidlandi.

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uçraşuvda yetakçi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini va faol gumanitar almaşinuvni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Jadal muloqotlarni davom ettiriş, neft-gaz, kimyo, transport, turizm va boşqa sohalarda, şu jumladan Özbekiston hududlaridagi sanoat zonalari doirasida qöşma loyihalarni ilgari surişga kelişib olindi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçev bilan suhbatda tinç atom sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Qişloq xöjaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qöllaş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Toşkent şahridagi “MIFI” filiali negizida kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, davlatimiz rahbari davra suhbatida iştirok etdi. Unda ikki mamlakat hududlari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça aniq rejalarni taqdimot qildilar.

 

president.uz

Ulaşiş: