“Moturidiylik – bağrikenglik, mötadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilariga
Hurmatli anjuman qatnaşçilari, muhtaram mehmonlar!
Avvalo, siz, azizlarni ilm-ma’rifat va taraqqiyotga ulkan hissa qöşgan Özbekiston zaminida, uning eng qadimiy şaharlaridan biri – azim Samarqandda buyuk alloma Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bağişlab ötkazilayotgan xalqaro konferensiyaning oçilişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jonajon Vatanimizga, uluğ alloma va mutafakkirlar yurti bölgan gözal Samarqand şahriga xuş kelibsiz!
“Kalom ilmining sultoni”, “Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvçi” degan yuksak e’tiroflarga sazovor bölgan Imom Moturidiy örta asrlarda – ğoyaviy kuraşlar avj olgan öta murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini keng oçib beradigan noyob ilmiy-ma’rifiy asarlar yaratgani, turli zararli oqimlar va jaholatga qarşi mardona kuraş olib borgani, heç şubhasiz, çinakam ma’naviy jasorat namunasidir.
Buyuk vatandoşimiz asos solgan moturidiylik maktabi va ta’limoti esa e’tiqod borasida asrlar davomida bağrikenglik, mötadillik va ma’rifat timsoli bölib kelayotgani tahsinga sazovordir.
Bu ölmas ta’limot muqaddas dinimizning ezgu ğoyalarini soxtalaştiriş, ulardan ğarazli maqsadlarda foydalanişga qaratilgan buzğunçi harakatlar yangi şakllarda davom etayotgan bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyatga ega bölib borayotganini, siz, hurmatli anjuman iştirokçilari albatta yaxşi tuşunasiz va biz buni yuksak qadrlaymiz.
Muhtaram döstlar!
Yangi Özbekistonda islom sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qöşgan allomalarning ibratli hayot yöli va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama çuqur örganiş va keng tarğib etiş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş borasida ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi buyuk allomalarimiz nomlari bilan ataladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi faoliyat körsatmoqda.
Ötgan qisqa vaqt mobaynida uşbu ilmiy markazlar tomonidan Qur’oni karim va boşqa muqaddas diniy manbalarning xorijiy fondlarda saqlanayotgan noyob qölyozmalari topilib, ularning nusxalari yurtimizga olib kelingani, ilm va ma’rifat rivojiga beqiyos hissa qöşgan uluğ zotlarning köplab asarlari özbek tiliga tarjima qilingani bu sohada olib borilayotgan işlar kölamidan dalolat beradi. Jumladan, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” kitoblari ilk marta özbek tiliga tarjima qilinib, keng jamoatçilik e’tiboriga havola etilganini ta’kidlaş lozim.
Biz xalqaro ilmiy-tadqiqot muassasalari, sizlar kabi musulmon olamida katta nufuzga ega bölgan olimlar bilan hamkorlikda Imom Moturidiyning serqirra hayot yöli va ilmiy merosi, uşbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyatini yanada çuqur örganişga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Şu maqsadda Imom Moturidiyning 1155-yillik tavallud sanasini keng nişonlaş haqida qaror qabul qilib, bu yönalişda amalga oşiriladigan işlar, jumladan, uluğ mutafakkir bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini kengaytirib, yanada obod ziyoratgohga aylantiriş böyiça vazifalarni aniq belgilab oldik.
Ma’lumki, 2020-yilda Samarqand şahrida ötkazilgan xalqaro konferensiya iştirokçilarining taklifi asosida Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilgan edi.
Bugungi kunda buyuk ajdodimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’rifiy merosning ahamiyati jahon miqyosida tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda uşbu Markazning maqomi va nufuzini yanada oşiriş maqsadida, yaqinda imzolangan Farmonga muvofiq, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi huzurida qayta taşkil etilganini alohida qayd etmoqçiman.
Uşbu markaz Imom Moturidiy hazratlarining islom dini ravnaqiga qöşgan bebaho hissasi va moturidiylik ta’limotini çuqur tadqiq etişda dunyoning turli mamlakatlaridagi olim va ulamolarni birlaştiradigan xalqaro platforma bölib xizmat qiladi, deb işonaman.
Fursatdan foydalanib, öz hayotini ana şunday ezgu işga bağişlab kelayotgan siz, azizlarga Imom Moturidiy va Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan boşqa uluğ allomalarimizning boy ilmiy-diniy merosini örganiş yölidagi maşaqqatli mehnatingiz, izlaniş va tadqiqotlaringiz uçun samimiy minnatdorlik bildirib, barçangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi yutuqlar, konferensiya işiga esa muvaffaqiyat tilayman.
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

