Özbekiston Prezidenti Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi

Özbekiston Prezidenti Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi

10.05.2025 08:52142

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi.

Qizil maydonda Ğalaba paradi bölib ötdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va boşqalar ham qatnaşdi.

Ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu uluğ maqsadga erişişda Özbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.

Uruş boşlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Uruş yillarida ikki millionga yaqin özbekistonlik frontga jönatildi. 538 mingdan ziyod kişi jang maydonlarida halok böldi, 158 mingdan ortiği bedarak yöqoldi.

Körsatgan mardligi va jasorati uçun Özbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoşlarimizdan 301 kişi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor böldi, yana 70 kişi "Şuhrat" ordenining barça darajalari sohibi böldi.

Özbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat körsatdi. Mamlakatimiz frontning işonçli tayançiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-keçak, dori-darmon, qurol-yaroğ va boşqa zarur resurslar uzluksiz jönatib turildi. Qisqa muddatda Özbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylaştirilgani mudofaa sanoatining uzilişlarsiz işlaşini ta’minladi.

Öşa oğir yillarda Özbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini körsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kişini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi.

Özbek xalqining uruş yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda ham uruş va mehnat fronti qatnaşçilarining xotirasini abadiylaştiriş, faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toşkentda uluğvor "Ğalaba boği" yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Ğalaba paradi yakunida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va boşqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr boğidagi Noma’lum askar qabriga gul qöydi.

Uşbu yodgorlik ğalaba yölida mislsiz jasorat körsatgan va jon fido qilgan millionlab jangçilar, jumladan, Özbekiston farzandlari xotirasiga örnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurişi bilan yakunlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: