Özbekiston Prezidenti Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş muhimligini qayd etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi.
YEI maxsus vakili Yevrokengaş Prezidenti Antoniu Koşta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yil aprel oyida Samarqand şahrida ötgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oşiriş doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik böyiça umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlaş va ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi, şuningdek, bölajak tadbirlar rejasi körib çiqildi.

