Seysmik xavfsizlikni kuçaytiriş böyiça takliflar taqdimot qilindi

Seysmik xavfsizlikni kuçaytiriş böyiça takliflar taqdimot qilindi

14.05.2025 17:06143

Prezident Şavkat Mirziyoyev 13-may kuni seysmik xavfsizlikni kuçaytiriş çora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Mamlakatimizda bunyodkorlik kölami keng. 2017-yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta köp qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarliça ta’minlaş, turmuş şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.

Qurilişning asoslaridan biri bölgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etişga e’tibor qaratilmoqda. Şu bilan birga, davlatimiz köp jabhalarda taşabbuskor hamdir.

Ma’lumki, 1966-yil 26-aprelda Toşkent şahrida vayronkor zilzila sodir bölgan. Özbekiston Prezidenti zilzila qurbonlariga hurmat körsatiş va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatiş maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etiş taşabbusini ilgari surgan edi. Buning e’tirofi ölaroq, yaqinda BMT Boş Assambleyasi 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlaş kuni, deb e’lon qiliş töğrisida rezolyutsiya qabul qildi.

Bu sohada xalqaro standartlarga mos böliş uçun davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuçaytiriş vazifasini qöygan edi. Şunga muvofiq, köp qavatli uylarning zilzilaga bardoşliligini oşiriş va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlaş çoralari körilmoqda.

Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari iştirokida joylarda örganişlar ötkazildi. Uşbu örganiş natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.

Unga köra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni örganiş böyiça yangi amaliyot yölga qöyiladi. Zilzilaga va boşqa tabiiy ofatlarga bardoşli uylarni quriş böyiça tajriba almaşiş kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekşiruvdan ötkazilib, kamçiliklar bartaraf etiladi.

Uşbu örganişlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholaş yuzasidan me’yoriy hujjatlarga özgartirişlar kiritiladi.

Davlatimiz rahbari qurilişda sifat va xavfsizlik birinçi örinda ekanini ta’kidlab, bu yönalişlarni ilmiy rivojlantiriş, sohaga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş böyiça körsatmalar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: