Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni haqida axborot berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 14-may kuni Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni va uni jadallaştiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boşlab JSTga a’zo böliş çoralari körilmoqda. Ötgan davrda köp va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erişildi.
Jumladan, Işçi guruhining törtta muhim yiğilişi ötkazilib, 500 dan ortiq masalalar kötarildi, 30 dan ziyod rasmiy hujjatlar JST Kotibiyatiga taqdim etildi. A’zolikni jadallaştiriş maqsadida sohalarda tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 33 ta mamlakat bilan bozorga kiriş böyiça muzokaralar olib borilib, bugungi kunga qadar 24 tasi bilan muzokaralar yakunlandi.
JST a’zolari bilan muloqotda yangi yondaşuv va islohotlar natijalari ijobiy baholanmoqda. Bu öz navbatida Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonida oçiqlik, şaffoflik va adolatli savdoga bölgan qat’iy intilişini tasdiqlaydi.
Şu ma’noda, milliy qonunçilikni taşkilot talablariga uyğunlaştiriş doirasida keng kölamli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oşirildi. Xususan, 13 ta qonun, Prezidentning 10 ta farmon va qarori, 19 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 10 ta idoralararo normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
Jumladan, bojxona tartibotlari, eksport-import qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi mexanizmlar bosqiçma-bosqiç JST standartlariga moslaştirildi, davlat uluşi mavjud bölgan 6 ta korxonada eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Yiğilişda davlatimiz rahbari tomonidan JSTga a’zo böliş jarayonini jadallaştiriş hamda uni sifatli va tizimli taşkil etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Unga köra, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş, Işçi guruhining 2 ta yiğilişini ötkaziş hamda Işçi guruhning hisobot loyihasini yakunlaş orqali Özbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini töliq şakllantiriş vazifalari aniq belgilab berildi.
Şuningdek, qonunçilikni taşkilot talablariga moslaştiriş doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş jarayonini jadallaştiriş zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi töğrisida”, “Muhofaza çoralari, antidemping va kompensatsiya bojlari töğrisida" yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilişni tezlaştiriş hamda bu borada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni ta’minlaş Prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berildi.
Texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qiliş, uşbu yönalişlarda kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş kerakligi alohida qayd etib ötildi.

