Özbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya va Sloveniyaga taşrif buyuradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya va Sloveniyaga taşrif buyuradi

19.05.2025 16:24159

19-22-may kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy taşriflari bölib ötadi.

Özbekiston yetakçisi Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeştga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar bölib ötadi.

Kun tartibidan ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari örin olgan.

Davlatimiz rahbari 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 22-may kuni Lyublyana şahrida Sloveniya Prezidenti Nataşa Pirs Musar bilan uçraşadi, uşbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi, qöşma işbilarmonlik tadbirlarida iştirok etadi.

Özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va töqimaçilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiliş va gumanitar aloqalarni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.

 

president.uz

Ulaşiş: