Metropolitenning yangi yönalişi böyiça axborot berildi
Davlatimiz rahbariga Toşkent metropolitenini rivojlantiriş böyiça rejadagi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning örni juda katta. Yölovçilarga qulayliklarni oşiriş maqsadida yangi yönalişlar qurilmoqda. Yunusobod yöli Turkiston bekatigaça, Çilonzor yöli Sergeli tumanigaça uzaytirildi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Toşkentda yerusti metrosi ham paydo böldi – Döstlik bekatidan Sergeligaça bölgan yerusti halqasi barpo etildi. Bu yangi yönalişlar poytaxtimizning Yunusobod, Yaşnobod, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarini boğlab, aholining kundalik qatnoviga katta qulaylik yaratdi.
Endi metropolitenni Toşkent traktor zavodi dahasigaça olib boriş rejalaştirilgan. Bu böyiça ötgan avvalgi muhokamalarda Prezidentimiz loyihani mablağ va qulaylik jihatidan maqbullaştiriş vazifasini qöygan edi. Şu asosida tayyorlangan yangi taklifga köra, loyihani 2 bosqiçda amalga oşiriş nazarda tutilmoqda. Birinçi bosqiçda Çilonzor yölining Puşkin bekatidan Mirzo Uluğbek tumanining Feruza dahasigaça mavjud temir yölga parallel ravişda yer yuzasi böylab metro yöli quriladi. Ikkinçi bosqiçda u yerdan Toşkent traktor zavodi dahasi şoh bekatigaça yönaliş barpo etiladi.
Hozirgi kunda şu tomondan poytaxtimiz markaziga bir kunda 47 mingta avtotransport, jami 194 mingta yölovçi kirib kelişi kuzatilmoqda. Rejalaştirilgan yangi yönaliş 85 ming yölovçini qamrab olişi kutilmoqda.
Taqdimotda loyihaning texnik va amaliy jihatlari batafsil körib çiqildi.

