Özbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy taşrifi boşlandi

Özbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy taşrifi boşlandi

20.05.2025 16:08141

Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy taşrif bilan Budapeşt şahriga keldi.

Samolet oldida Özbekiston yetakçisini Vengriya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Marton Nad va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Taşrif dasturiga muvofiq, 20-may kuni oliy darajadagi Özbekiston-Vengriya muzokaralari bölib ötadi.

Davlatimiz rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazadi.

Özbekiston Prezidenti 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etadi.

 

president.uz

Ulaşiş: