Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Sloveniyaga keldi

Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Sloveniyaga keldi

22.05.2025 15:39160

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasi Prezidenti Nataşa Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan Lyublyanaga keldi.

Samolyot oldida davlatimiz rahbarini Boş vazir örinbosari - taşqi işlar vaziri Tanya Fayon va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Yoje Puçnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Özbekiston yetakçisi Sloveniya Prezidenti Nataşa Pirs Musar bilan muzokaralar ötkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazadi, qöşma biznes forumida iştirok etadi.

Özaro manfaatli savdo-iqtisodiy şeriklikni rivojlantiriş, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yaşil" energetika, qişloq xöjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş, mehnat migratsiyasi böyiça hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.

 

president.uz

Ulaşiş: